13:39 / 09.10.2019
3 090

Zargarlik bo‘yicha Hukumat qarori qabul qilindi

Zargarlik bo‘yicha Hukumat qarori qabul qilindi
Zamonaviy zargarlik savdo-ishlab chiqarish markazlarini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qaror bilan 2019-2020 yillarda hududlar kesimida zamonaviy zargarlik savdo-ishlab chiqarish markazlarini tashkil etish jadvali tasdiqlandi.
Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga ushbu jadvalga asoslangan takliflardan kelib chiqib o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berildi.

Qarorga muvofiq, zargarlik markazlari asosan hunarmandchilikni rivojlantirish markazlarida, shuningdek, tegishli hududlarning turistik yo‘nalishlarida joylashtiriladi.
Shuningdek, zargarlik markazlarini tashkil etish uchun tashabbuskorlarga foydalanilmayotgan bino va inshootlar «nol» xarid qiymatida sotiladi.

Ushbu markazlarni tashkil etilishida hamda respublikada o‘tkaziladigan xalq amaliy san’ati festivallarida qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga:
- kirish vizalari rasmiylashtirishda konsullik va boshqa yig‘imlar undirilmaydi;
- ko‘p martalik vizalar rasmiylashtirishda davlat boji undirilmaydi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Zargarlik bo‘yicha Hukumat qarori qabul qilindi