Shavkat Mirziyoyev: "Uylarning sonini ko‘paytirib, narxini pasaytirish kerak"

  • 09 oktyabr 2019, 21:53
  • 1 044
  • Jamiyat
  • Shavkat Mirziyoyev: "Uylarning sonini ko‘paytirib, narxini pasaytirish kerak"
    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Prezident Shavkat Mirziyoyev 9 oktyabr kuni Toshkentning Olmazor tumanida qurilishi davom etayotgan Olmazor Business City ishbilarmonlik markazi qurilishini borib ko‘rdi.

    Quruvchi va mutasaddilar bilan suhbatalasharkan, Prezident innovatsion, energiya tejamkor texnologiyalarga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidlab o‘tgan.

    «Uylar sonini ko‘paytirish, energiyani tejash orqali turar joylar narxini arzonlashtirish kerak. Buning uchun qurilish materiallari, bazalt tolasi ishlab chiqarish korxonalarini ko‘paytirib, har bir hududga yetkazib berish zarur», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Davlat rahbari qurilayotgan uylardagi xonadonlarning bo‘lajak egalariga malakali, sifatli xizmat ko‘rsatish lozimligini ham alohida uqtirgan.

    «Qurish bu birinchi qadam. Asosiysi — malakali ekspluatatsiya. Uylarga, odamlarga sifatli xizmat ko‘rsatish, muhandislik uskunalaridan samarali foydalanish zarur», — deya qo‘shimcha qildi Prezident Shavkat Mirziyoyev.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Ma’lumot uchun, Olmazor Business City ishbilarmonlik markazi Kichik halqa yo‘li va Yangi Olmazor ko‘chasi oralig‘idagi qariyb 24 gektar hududda 2019 yil boshidan beri qurilmoqda. Maydon 6 ta lotga bo‘lingan — birinchi va ikkinchi lotlarda savdo markazi, ofislar va ko‘ngilochar maskanlar, uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi lotlarda 2 100 xonadonga mo‘ljallangan 28 ta ko‘p qavatli uy, oltinchi lotda 300 o‘rinli bog‘cha hamda 500 o‘rinli maktab qurilmoqda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Shavkat Mirziyoyev: "Uylarning sonini ko‘paytirib, narxini pasaytirish kerak"