3 224
Ijtimoiy so‘rov: toshkentliklar oyiga qancha pul topsa, o‘zini moliyaviy mustaqil hisoblaydi?
O‘zingizni moliyaviy jihatdan mustaqilman, deb hisoblashingiz uchun oyiga qancha pul topishingiz kerak?
Kun.uz nashri Toshkentning beshta tumanida bo‘lib, ayni savol yuzasidan ijtimoiy so‘rov o‘tkazdi. Unda mehnatga layoqatli yoshdagi, turli kasb egalari bo‘lgan roppa-rosa 100 kishi qatnashdi. Ulardan 46 nafari – ayollar.
Ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra, Toshkentda yashayotgan har to‘rt fuqarodan biri oyiga 9-10 mln so‘m pul topgan taqdirda o‘zini moliyaviy mustaqilman deb hisoblaydi.
O‘zbekiston poytaxtining 20 foiz aholisi uchun esa moliyaviy mustaqil bo‘lish uchun 5-6 mln so‘m oylik daromad kifoya qiladi.
Umuman, 100 nafar respondentdan 63 nafari oylik daromadi 5-10 mln so‘m bo‘lganda o‘zini iqtisodiy jihatdan erkin his etishini bildirdi.
So‘rov natijalari quyidagicha:
24 kishi – 9-10 mln
21 kishi – 5-6 mln
18 kishi – 7-8 mln
9 kishi – 30-50 mln
8 kishi – 18-20 mln
6 kishi – 12-16 mln
6 kishi – 3-4 mln
6 kishi – 1-2 mln
2 kishi – 100 mln
Ijtimoiy tadqiqotdan ma’lum bo‘lishicha, o‘rta arifmetik hisobda toshkentliklar oyiga 13 mln 700 ming so‘m daromad olsa, o‘zlarini moliyaviy mustaqil deb hisoblaydilar.
Ma’lumot uchun, ijtimoiy so‘rov 6 oktyabr kuni Toshkentning Yakkasaroy, Mirobod, Chilonzor, Sergeli va Yashnobod tumanlarida o‘tkazildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi