23:41 / 09.10.2019
6 957

Shavkat Mirziyoyevning yangi asari nashr etildi

Shavkat Mirziyoyevning yangi asari nashr etildi
Foto: O‘zA
«O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi farovon bo‘ladi» nomli yangi asari nashrdan chiqarildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Mazkur kitob Prezident asarlarining uchinchi jildi hisoblanib, kitob uch bo‘limdan iborat.
Asarning birinchi bo‘limiga mamlakat siyosiy-ijtimoiy hayotidagi eng muhim voqealar munosabati bilan so‘zlangan nutq va ma’ruzalar kiritilgan.

Kitobning ikkinchi bo‘limidan esa xorijiy davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashuvlardagi nutq va ma’ruzalar, uchinchi bo‘limdan respublikada keng nishonlanib kelayotgan umumxalq bayramlari, tarixiy sanalar, turli xalqaro anjumanlar, tadbir va marosimlar munosabati bilan yo‘llangan tabriklar o‘rin olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyevning yangi asari nashr etildi