10:50 / 10.10.2019
2 440

Yoshi 100 dan oshgan daraxtlar xatlovdan o‘tkaziladi

Yoshi 100 dan oshgan daraxtlar xatlovdan o‘tkaziladi
Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘ining ayrim tabiiy hududlari va ob’ektlaridan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi (853-son, 08.10.2019 y.). Bu haqda adliya vazirligi kanalida xabar berib o‘tilgan.

Qarorga muvofiq, «Urung‘och» ko‘li va unga tutash hududlar davlat gidrologik tabiat yodgorligi deb e’lon qilindi.

Mazkur yodgorlik Burchmullo davlat o‘rmon xo‘jaligining bir qismi hisoblanadi va ushbu xo‘jalik tomonidan yerlari olib qo‘yilmasdan va ob’ektga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi har qanday faoliyatni taqiqlagan holda boshqariladi.

Qarorga ko‘ra, «Urung‘och» tabiiy ko‘li va unga tutash hududlarni o‘zgartirishlarsiz saqlash, tog‘ ekotizimi o‘simlik va hayvonot dunyosini qayta tiklash va takror ko‘paytirish «Urung‘och» davlat gidrologik tabiat yodgorligining asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

2020 yil 1 martgacha tabiiy ob’ektlar va komplekslar, shu jumladan, yoshi 100 va undan oshgan daraxtlar xatlovdan o‘tkaziladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yoshi 100 dan oshgan daraxtlar xatlovdan o‘tkaziladi