21:09 / 10.10.2019
2 909

Germaniya elchisi muftiy qabulida bo‘lib, o‘zining savollariga javob oldi

Germaniya elchisi muftiy qabulida bo‘lib, o‘zining savollariga javob oldi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov Germaniya davlatining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Gyunter Overfeldni qabul qildi. Uchrashuvda muftiy hazratlari O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi munosabatlar mustahkamlanib borayotgani, Diniy idoraning xalqaro aloqalari rivojlanib, diniy soha xodimlari AQSh, Rossiya, Ukraina davlatlaridagi tadbirlarida faol qatnashayotgani gapirib berdi. Bundan tashqari, nufuzli tashkilotlar, xorijiy davlatlar musulmonlari idoralari va elchixonalari bilan aloqalar taraqqiy etayotganiga katta urg‘u qaratdi.

Elchi Gyunter Overfeld janoblari samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratdi:

– Elchixona vazifalariga diniy tashkilotlar va yetakchilar bilan ham hamkorlik aloqalarini yaxshilash ham kiradi. Shu maqsadda, biz O‘zbekistondagi diniy tashkilotlar bilan munosabatlarni o‘rnatishdan manfaatdormiz.

Ayni paytda O‘zbekistonda 400 ming kishi nemis tilini o‘rganmoqda, 50 dan ortiq turli yo‘nalishlarda kelishuvlarga erishilgan. Iqtisodiy aloqalar 20 foizga, savdo aylanmasi 56 foizga ko‘tarilgan. Tabiiyki ikki davlat rahbarlarining hamkorlikda olib borgan ishlari mana shunday muvaffaqiyatlarga zamin bo‘ldi.

O‘zbekistonlik diniy soha xodimlari mehnat migrantlarining imon-e’tiqodi mustahkamligini ta’minlash yo‘lidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholayman. Biz ham bunday ishlarda yaqindan yordam berishga tayyormiz. Germaniyada ham o‘zbek madaniy markazlari, milliy merosiga oid asori atiqalar juda ko‘p. Bu yil O‘zbekistondagi faoliyatimga ikki yil to‘ldi. Shu davr ichida mamlakatingiz juda katta natijalarga erishganiga guvoh bo‘ldim. Xususan, yoshlar tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, Islom dini ma’rifatini o‘rgatish va rivojlantirish borasida juda katta ishlar qilindi. Tashkil etilayotgan turli xalqaro markazlar va ilmiy-tadqiqot muassasalari fikrimni tasdiqlaydi, - dedi elchi janoblari.

Uchrashuv davomida janob Overfeld o‘zini qiziqtirgan bir qator savollarga muftiy hazratlaridan to‘liq javob oldi.

Manba: muslim.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Germaniya elchisi muftiy qabulida bo‘lib, o‘zining savollariga javob oldi