22:22 / 10.10.2019
3 478

Samarqandlik ayol o‘ynashining o‘g‘lini o‘g‘irlab ketdi

Samarqandlik ayol o‘ynashining o‘g‘lini o‘g‘irlab ketdi
7 oktyabr kuni Qo‘shrabot tumanida yashovchi Shoira A.ning o‘g‘li 7 yoshli Saidumar Sh. kundoshi Nigora Sh. maktabdan bolani o‘g‘irlab ketgan.
Shoira bu haqda IIB xodimlariga murojaat qildi, deb xabar bermoqda Bosh prokratura matbuot xizmati.

Shoira: “7 oktyabr kuni soat taxminan 16:30 larda 2012 yilda tug‘ilgan Saidumarni Nigora tumandagi 48- maktabdan onasiman deb, bolani o‘z uyiga olib ketgan”, deb ariza yozgan.

Nigora muqaddam Shoiraning turmush o‘rtog‘i Ulugbek A. bilan ishqiy munosabatlarda bo‘lib kelgan.

“Mazkur holat yuzasidan tuman IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir olib borildi. Tadbir davomida Nigora Saidumarni uyida yashirin tarzda saqlayotganligi aniqlandi. U bolani Ulug‘bek bilan munosabatlarini tiklash uchun o‘g‘irlagan. Bola ota-onasiga qaytarildi”, deyiladi xabarda.

Nigoraga JKning 137-moddasi 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjudligi sababli, 07.10.2019 yil kuni Qo‘shrabot tuman IIB huzuridagi TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari viloyat IIB TB tomonidan olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandlik ayol o‘ynashining o‘g‘lini o‘g‘irlab ketdi