06:33 / 11.10.2019
2 077

Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Moldova prezidentini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Moldova prezidentini qabul qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 10 oktyabr kuni Ashxobodda Moldova prezidenti Igor Dodonni qabul qildi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

«Uchrashuvda mamlakatlarimiz o‘rtasida uzoq muddatli ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va amaliy hamkorlikni rivojlantirish muhimligi qayd etildi», — deyiladi rasmiy axborotda.

Xususan, o‘zaro almashinuvlarni faollashtirish hamda turli tarmoqlar uchun istiqbolli loyihalarni birgalikda ishlab chiqishga kelishib olingan, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ham muhokama qilingan.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Avvalroq Ashxobodga MDH davlat rahbarlari sammitida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan Shavkat Mirziyoyev turkmanistonlik hamkasbi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashgani haqida xabar berilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Moldova prezidentini qabul qildi