Dunyoning yetakchi KPMG kompaniyasi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda adliya organlari va muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashishning ilg‘or tizimini joriy etadi

  • 11 oktyabr 2019, 00:23
  • 296
  • Jamiyat
  • Dunyoning yetakchi KPMG kompaniyasi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda adliya organlari va muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashishning ilg‘or tizimini joriy etadi
    Joriy yilning 10 oktyabr kuni Adliya vazirligida adliya organlari va muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha samarali mexanizm va chora-tadbirlarni joriy etish bo‘yicha yangi loyiha taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mazkur loyiha BMT Taraqqiyot dasturi ko‘magida amalga oshirilmoqda.

    Loyihadan ko‘zlangan maqsad – Adliya vazirligi, Davlat xizmatlari va Intellektual mulk agentliklari, shuningdek hududiy adliya organlari faoliyatiga korrupsiyaga qarshi komplayens tizimini joriy qilishdan iborat.

    Taqdimot davomida KPMG ekspertlari loyihaning xalqaro mutaxassislarining faol ko‘magi yordamida amalga oshirilishi korrupsiyaga qarshi kurashishning xalqaro standart va amaliyotlarini samarali tadbiq etish, davlat organi faoliyatini boshqarishning shaffofligi va sifatini oshirish imkonini beradi. Korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlari va tartib-taomillarini samarali joriy etish bo‘yicha orttirilgan tajribadan mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha umumiy yondashuvni shakllantirish uchun boshqa idoralarda ham foydalanish mumkinligini ta’kidlashdi.

    Qayd etish joizki, Adliya vazirligi komplayens tizimini xalqaro standartlarga muvofiq joriy etish tashabbusini ilgari surgan ilk davlat organidir. KPMG ekspertlarning vazirliklar faoliyati, jumladan korrupsiya xatarlari mavjud sohalar va bu boradagi chora-tadbirlar haqidagi boshlang‘ich tahliliy intervyu adliya vaziri R. Davletov tomonidan o‘tkazilgan edi.

    Ma’lumot uchun: KPMG malakali xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha dunyodagi yirik kompaniyalardan biri, Deloitte, Ernst & Young va PwC bilan bir qatorda katta to‘rtlikka kiruvchi auditorlik kompaniyalaridan biri. Uning xalqaro qarorgohi Amstelven (Niderlandiya) da joylashgan. Xodimlari soni 189 mingtani tashkil etadi.
    Adliya vazirligi
    Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Dunyoning yetakchi KPMG kompaniyasi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda adliya organlari va muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashishning ilg‘or tizimini joriy etadi