3 840
Alisher Qodirov: “Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi – yashirin siyosiy maqsadlarni ko‘zda tutgan tashkilot”
“Milliy tiklanish” partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov Kun.uz nashriga bergan intervyusida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi haqida fikr bildirar ekan, mazkur tashkilotda iqtisodiy masalalar birlamchi bo‘lishi kerakligini aytdi.
“Tashkilot o‘zining bosh tashabbuskori – Rossiya Federatsiyasi va uning atrofidagi mamlakatlarning (sobiq ittifoq mamlakatlari) iqtisodiy mafaatlarini muvozanatlashtirish maqsadida tashkil qilingan. Lekin negadir iqtisodiy tahlilchilar va siyosatchilar mazkur ittifoqni iqtisodiydan ko‘ra, ko‘proq uzoq muddatli siyosiy maqsadlarni ko‘zlagan ittifoqqa o‘xshatishadi”, – dedi A. Qodirov.
Uning fikricha, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi – nomi bilan iqtisodiy bo‘lgan, ammo ortida yashirin siyosiy maqsadlarni ham ko‘zda tutgan tashkilot.
“Buni bugun hech kimdan yashirib bo‘lmaydi. Bunday holatlarni tarixda o‘zbek xalqi ko‘p bora boshidan o‘tkazgan va yetarlicha xulosalar qilib olgan, deb o‘ylayman”, – dedi “Milliy tiklanish” partiyasi yetakchisi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi