11:33 / 11.10.2019
2 163

Sarmoya uchun eng foydali qimmatbaho toshlar aniqlandi

Sarmoya uchun eng foydali qimmatbaho toshlar aniqlandi
Foto: “Reuters”
Rangli qimmatbaho toshlar oxirgi yillarda brilliantlardan tezroq qimmatlashmoqda, lekin aynan brilliantlar sarmoya uchun maqbul tanlov boʻlib qolmoqda, deb yozadi “Xabar” nashri “Lenta”ga tayanib.

“Knight Frank” kompaniyasi mutaxassislarining taʼkidlashicha, oʻtgan oʻn yil davomida brilliantlar 113 foizga, rangli qimmatbaho toshlar esa 112 foizga qimmatlashgan. Biroq rangli qimmatbaho toshlar yildan-yilga ommalashib bormoqda. Analitiklar fikricha, ayniqsa, bozorda yoqutning oʻsishi maksimal darajaga yetgan. “Gemfields”ning boshi direktori Shon Gilbertson soʻzlariga koʻra, 2009-yildan boshlab dunyo boʻyicha yoqut yoki zumradning bahosi rangsiz brilliantlar bahosidan oshib ketgan.

— Yaqinda sapfirlar ham narx borasida brilliantlardan oʻzib ketishiga shubha qilmayman, — deydi u.
Ayni vaqtda bozordagi asosiy tendensiya — tabiiy toshlar oʻrnini sunʼiylari egallashi. Bir vaqtning oʻzida tabiiy toshlarni ishlab chiqarish qimmatlashmoqda: Bu zaxiralarning kamayishi hamda yangi konlarni qazishning bahosi oshishi fonida yuz bermoqda.

— Bozor sunʼiy toshlarga toʻygach tabiiy toshlar yana qimmatlashadi, — deydi “Rossiya zargarlar gildiyasi” assotsiatsiya direktori Eduard Utkin.

Shu bilan birga, analitiklar brilliantlar oʻzining investitsion jozibasini saqlab qolayotganini taʼkidlashmoqda. “Arbat Capital” direktori Aleksey Golubovich taqinchoqlarga emas, aynan toshlarga sarmoya kiritishni maslahat bergan: odatda ularni dilerlardan yoki kimoshdi uylaridan xarid qilishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sarmoya uchun eng foydali qimmatbaho toshlar aniqlandi