Qidiruvdagi “ISUZU” Oltiariqdagi xonadonlardan biridan topildi

  • 11 oktyabr 2019, 14:00
  • 1 172
  • Jamiyat
  • Qidiruvdagi “ISUZU” Oltiariqdagi xonadonlardan biridan topildi
    Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 14.03.2018 yildagi qarori bilan qarzdor «VOSTOCHNIVE FRUKTI FERGANI» MChJdan «EXOKARTON» xususiy korxonasi foydasiga 154,7 mln. so‘m qarz undirish belgilangan bo‘lib, Majburiy ijro byurosi Uchko‘prik tuman bo‘limi tomonidan mazkur sud hujjati ijrosini majburiy etishga kirishilgan.

    Garchand hujjatlarda qarzdor «VOSTOCHNIVE FRUKTI FERGANI» MChJ yuridik manzili Uchko‘prik tumani Miltiqchi qishlog‘ida joylashganligi ko‘rsatilgan bo‘lsada, ushbu manzildan davlat ijrochisi hech narsa aniqlay olmagan. Va hattoki, jamiyat ushbu manzilda faoliyat ko‘rsatmaganligiga doir ma’lumotlarni jamg‘argan.

    Vakolatli idoralarga yuborilgan so‘rovnomalarga Farg‘ona viloyati IIB YHXB TRIB tomonidan qarzdor MChJning “ISUZU” rusumli 40 156 FBA davlat belgili transport vositasi mavjudligi haqida ma’lumot taqdim etiladi. Zudlik bilan mazkur transport vositasiga nisbatan qidiruv e’lon qilinib, axborot ta’minoti va qidiruv guruhi tezkor xodimlari shug‘ullanishi uchun tadqim etilgan.

    2019 yil 25 martda boshlangan qidiruv tadbirlari 6 oy davom ettirilib, nihoyat 30 sentyabr kuni “ISUZU” rusumli transport vositasi Oltiariq tumani, Zilha qishlog‘ida yashovchi fuqaro S.Esonovning yashash uyiga yashirib qo‘yilganligi haqida tezkor ma’lumot qo‘lga kiritiladi. Shu kuni, soat 1400larda qidiruv tezkor xodimlari va Oltiariq tuman IIB Yo‘l harakati xavfsizligi guruhi inspektorlari bilan hamkorlikda fuqaro S.Esonovning yashash manzilidan qidiruvdagi “ISUZU” aniqlanib jarima maydoniga olib kirilgan.

    Mana endigina, undiruvchi «EXOKARTON» xususiy korxonasining qonun bilan qo‘riqlanadigan huquqlari va manfaatlari tiklanadigan hamda sud hujjatining ijrosi to‘liq ijro qilinadigan bo‘ldi.
    Chunki, qarzdorning “ISUZU”si qonunda belgilangan tartibda onlayn auksion orqali sotuvga qo‘yilib, tushgan mablag‘lar undiruvchiga o‘tkaziladi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Qidiruvdagi “ISUZU” Oltiariqdagi xonadonlardan biridan topildi