“Kobalt”dagi sifati kafolatlanmagan dorilarni noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

  • 11 oktyabr 2019, 15:36
  • 386
  • Jamiyat
  • “Kobalt”dagi sifati kafolatlanmagan dorilarni noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
    Bojxona organlari tomonidan bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi samarali kurash olib borilmoqda.
    Xususan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunbuzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan fuqaro M.I. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashina belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

    Natijada, avtomashinada tegishli hujjatlari bo‘lmagan va noqonuniy tarzda olib ketilayotgan umumiy qiymati 31,4 million so‘mlik 1000 dona “Tropikamid” nomli dori vositalari borligi aniqlandi.

    Shuningdek, yana bir holatda Namangan shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro S.Q. shartli xaridorga umumiy qiymati 38,4 million so‘mlik 1200 dona tropikamid dori vositalarini noqonuniy tarzda pullayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olindi.
    Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » “Kobalt”dagi sifati kafolatlanmagan dorilarni noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi