14:50 / 11.10.2019
2 274

“Mersedes Bens” havo filtri ichiga kumushlarni yashirish foyda bermadi

“Mersedes Bens” havo filtri ichiga kumushlarni yashirish foyda bermadi
Zargarlik buyumlarini turli yashirin yo‘llar bilan olib o‘tishga uringan kimsalarning kirdikorlari bojxona organlari tomonidan o‘z vaqtida fosh etilmoqda.

Xususan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Navoiy” chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro N.A. boshqaruvidagi “Mersedes Bens” rusumli avtomashina to‘xtatilib, belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Natijada avtomashinaning havo filtri ichiga, ustamonlik bilan yashirilgan, umumiy qiymati 15,8 million so‘mlik 315 gramm kumushdan yasalgan zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Mersedes Bens” havo filtri ichiga kumushlarni yashirish foyda bermadi