16:23 / 11.10.2019
2 845

Kumush taqinchoqlarni yashirincha olib o‘tishga bo‘lgan urinish fosh bo‘ldi

Kumush taqinchoqlarni yashirincha olib o‘tishga bo‘lgan urinish fosh bo‘ldi
Amaldagi tartibga ko‘ra, jismoniy shaxslar tomonidan bojsiz olib kirishning cheklangan me’yorlariga ko‘ra 65 gr.gacha og‘irlikdagi qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarini olib kirish mumkin. Ammo, mazkur me’yorlarga rioya qilmasdan turib, zargarlik buyumlarini turli nayrang va usullarni qo‘llagan holda olib kirishga urinayotgan shaxslar ham uchrab turibdi.

Jumladan, Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi “Do‘stlik” chegara bojxona postidan harakatlanayotgan fuqaro K.M.ning hatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi va ushbu shaxsning yuklari belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Natijada, uning yuklari orasida umumiy og‘irligi 331,4 grammga teng bo‘lgan kumushdan yasalgan zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.
Shuningdek, “Shovot” chegara bojxona posti orqali qo‘shni davlatdan kirib kelgan fuqarolar A.S. va Ch.M.lar belgilangan tartibda xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Tekshiruv jarayonida ushbu shaxslar 120,65 gramm kumush taqinchoqlarni yashirincha olib o‘tishga uringanligi ma’lum bo‘ldi.
“Urganch aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari ham fuqaro S.I.ning nayrangini o‘z vaqtida fosh etishdi.
Ushbu shaxs “yashil” yo‘lakdan harakatlanar ekan, belgilangan tartibda to‘xtatilib, nazoratdan o‘tkazildi.

Natijada, uning yuklari orasida bojxona nazoratidan yashirilgan, olib kirish me’yoridan ortiqcha bo‘lgan jami 64,25 gramm kumush taqinchoqlar borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kumush taqinchoqlarni yashirincha olib o‘tishga bo‘lgan urinish fosh bo‘ldi