18:15 / 11.10.2019
6 863

Denov dehqon bozorida er-xotin pichoqlandi (video)

Denov dehqon bozorida er-xotin pichoqlandi (video)
Denov tumani dehqon bozori hududida pichoqbozlik sodir etildi. Surxondaryo viloyati patrul-post xizmati vakili Sharofiddin Shodmonovning aytishicha, bozor hududidagi bu hodisa PPX xodimi tomonidan bartaraf etilgan va gumondor IIB bo‘limiga olib kelingan. Bu haqda «Zamon» dasturida xabar berilmoqda.

Shifokor Sherali Qurbonovning ma’lumot berishicha, jabrlanuvchilar tezkor operatsiya qilingan. Hozirda ikkala jabrdiydaning holati nisbatan yaxshilangan.

Jabrlanuvchi ayolning hikoyasiga ko‘ra, ayblanuvchi ular bilan avvaldan tanish bo‘lgan va o‘rtada kelishmovchilik bo‘lgan. Ayblanuvchi er-xotinni qarzni to‘lamaslikda ayblagan.
Hozirda holat yuzasidan JKning 25 va 97-moddasiga ko‘ra jinoyat ishi ochilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Denov dehqon bozorida er-xotin pichoqlandi (video)