19:05 / 11.10.2019
3 742

Xalqaro qizlar kuniga bag‘ishlanib “Qizlar ovozi” I Respublika Forumi o‘tkazildi

Xalqaro qizlar kuniga bag‘ishlanib “Qizlar ovozi” I Respublika Forumi o‘tkazildi
Ma’lumki, BMT tomonidan 11 oktyabr “Xalqaro qizlar kuni” sifatida belgilangan. Yetti yildan buyon bu kun mamlakatimizda ham munosib nishonlanadi. Ushbu kunga bag‘ishlanib, “Yoshlar press-klubi”da “Qizlar ovozi” I Respublika Forumi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi tomonidan tashkil etilgan forumda spikerlar tomonidan “Yosh xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirish, ularning muammolarini yechishda partiyaning roli”, “Yosh xotin-qizlarni lavozimda o‘stirishning xorij tajribasi”, “Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlar faoliyatini yoritishning muhim xususiyatlari” kabi mavzularda taqdimotlar o‘tkazildi.

Bugungi kunda mamlakatimiz aholisining qariyb 50 foizini, ya’ni 29 foizini 14 yoshgacha, 28 foizini 15-30 yoshlilar, 21 foizini 31-45 yoshlilar, 15 foizini 46-60 yoshlilar, 7 foizini 60 yoshdan katta xotin-qizlar tashkil etadi. Tabiiyki, ularning haq-huquqlari va manfaatlarini himoya qilish bugungi kunning dolzarb masalasi hisoblanadi.

Tadbirda ishtirokchi xotin-qizlar tomonidan bir qator takliflar berildi.
- Chekka-chekka qishloqlarda ayollarimiz, o‘zimning sinfdoshlarim ham kunlik ishga chiqishadi, ya’ni mardikorlik qilishadi, men ana shunday xotin qizlarimiz uchun sharoit yaratilsa o‘rinli holat bo‘lardi, deb o‘ylayman. Tongi soat oltidan kechki soat 20.00ga qadar ishlayotgan bu ayollar, qizlar o‘z oilasiga qay darajada vaqt ajratadi, qay darajada farzand tarbiyalasha oladi, ular 30 yoshga kirganda qanaqa holatda bo‘ladi. Bu jiddiy e’tibor qaratish kerak bo‘lgan masala deb hisoblayman, - deydi O‘zbekiston Davlat Jahon tillari Universiteti talabasi Shahribonu Nurboyeva.

Yosh xotin-qizlar sohasidagi muammolar bo‘yicha bildirilgan takliflar yuzasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda yuqori davlat organlariga ma’lumotnomalar taqdim etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xalqaro qizlar kuniga bag‘ishlanib “Qizlar ovozi” I Respublika Forumi o‘tkazildi