19:32 / 11.10.2019
3 098

Nima uchun bizda xususiy valyutafurushlarga ruxsat berilmaslik sababi aytildi

Nima uchun bizda xususiy valyutafurushlarga ruxsat berilmaslik sababi aytildi
O‘zbekiston hududida chet el valyutasi bilan oldi-sotdi qilish huquqi faqatgina O‘zbekiston Respublikasi banklariga berilgan. Mazkur norma bugun Senat tasdig‘idan o‘tgan yangi tahrirdagi «Valyutani tartibga solish to‘g‘risida»gi qonunning 19-moddasida belgilab qo‘yilgan.

Qonun yuzasidan muhokamalarda senator Gulchexra Rixsiyeva yuqoridagi modda yuzasidan Markaziy bank rahbariyatiga savol bilan murojaat qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.

«Ko‘plab davlatlarda valyuta oldi-sotdisini [banklardan tashqari] xususiy ayirboshlash shoxobchalari ham amalga oshiradi. Bizda esa ayrim fuqarolar bu faoliyat bilan shug‘ullanib, javobgar bo‘lib qolishi holatlari ham kuzatiladi. Mana shu faoliyatni ham qonuniylashtirish vaqti yetmadimikan?

Fuqarolar soliq to‘lab, tegishli ruxsatni olgan holda xususiy ayirboshlash shoxobchalarida valyuta oldi-sotdisi bilan shug‘ullanishlari masalasiga qanday qaraysiz? Yoki bunday faoliyat turi hozirgacha yo‘qligiga qandaydir boshqa sabablar bormi?» – deb savol bilan yuzlandi Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori.

Savolga Markaziy bank raisi o‘rinbosari Bobur Abubakirov javob berdi.
«Qonunimizni ishlab chiqish jarayonida boshidan bu masala juda ham ko‘plab marta ko‘tarilgan. Bu bo‘yicha Markaziy bank tomonidan alohida xorijiy tajriba o‘rganildi.

Xorijiy tajribaga ko‘ra, ayrim davlatlar, misol uchun Rossiya Federatsiyasi va qo‘shni Tojikistonda mazkur amaliyot joriy qilingan edi. Va bu amaliyot o‘zini oqlamagan. Ya’ni xususiy sektorga valyuta ayirboshlash operatsiyalari bo‘yicha huquq berilishi ular tomonidan mazkur vakolatning suiiste’mol qilinishiga olib kelgan. Jumladan, qalbaki valyuta sotilishi, noreal kurslar qo‘yilishi, asoslanmagan holda noreal katta miqdorda komissiya to‘lovlari undirilishi kuzatilgan va albatta, oxiriga kelib bundan aholi aziyat chekkan.

Bundan tashqari, mazkur amaliyotning tijorat banklari orqali amalga oshirilishing asosiy sabablaridan biri – jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishdir. Hozirgi kunda xalqaro tajribaga asoslangan holda valyuta oldi-sotdi amaliyotlari faqatgina tijorat banklari orqali amalga oshirilishi maqsadga muvofiq, deb topilgan», – dedi Bobur Abubakirov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nima uchun bizda xususiy valyutafurushlarga ruxsat berilmaslik sababi aytildi