23:43 / 11.10.2019
3 155

Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeks loyihasi bo‘yicha ekspertlar muhokamasi davom etmoqda

Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeks loyihasi bo‘yicha ekspertlar muhokamasi davom etmoqda
Joriy yilning 11 oktyabr kuni Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot institutida “O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksini “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiqlashtirishning dolzarb masalalari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida Germaniya Xalqaro Hamkorlik Jamiyati (GIZ) ekspertlari Kristine Kore-Perkone (Latviya Respublikasi), Almat Gabbasov (Qozog‘iston Respublikasi), shuningdk, Bosh prokuratura Akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti va boshqa tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Davra suhbatida “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonun doirasida ko‘rilishi lozim bo‘lgan huquqbuzarliklarni amaldagi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksdan chiqarish mezonlari, tadbirkorlik sohasiga oid huquqbuzarliklar yuzasidan ishni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Xususan, Qozog‘iston Respublikasidan tashrif buyurgan ekspert Almat Gabbasov o‘z xulosasida “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinganligi amaldagi qonun hujjatlarini tahlil qilish va qayta ko‘rib chiqish hamda raqobatdosh normalar va huquqiy mexanizmlarni bekor qilishni taqozo etishini ta’kidladi.

Shu munosabat bilan, huquqiy kolliziyalarni chiqarib tashlash maqsadida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks normalarini yaqin kunlarda kuchga kirgan “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonunga asosan qayta ko‘rib chiqish muhim ahamiyat kasb etishini bildirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksi loyihasi ekspertlar takliflari asosida takomillashtiriladi va umumxalq muhokamasiga qo‘yiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeks loyihasi bo‘yicha ekspertlar muhokamasi davom etmoqda