Saida Mirziyoyeva: OAVni haqiqiy to‘rtinchi hokimiyatga aylantirish yo‘limizdan qaytmaymiz

  • 11 oktyabr 2019, 21:41
  • 775
  • Jamiyat
  • Saida Mirziyoyeva: OAVni haqiqiy to‘rtinchi hokimiyatga aylantirish yo‘limizdan qaytmaymiz
    Samarqandda xalqaro delegatlar ishtirokida o‘tgan, O‘zbekistondagi so‘z va matbuot erkinligi mavzusi muhokama qilingan davra suhbatida AOKA direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ma’ruza qildi.

    U o‘z so‘zida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan O‘zbekiston axborot maydonini isloh qilish bo‘yicha qilinayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi, deb xabar beradi Kun.uz nashri.

    «Zamonaviy O‘zbekiston bir necha yil oldingisidan ancha farq qiladi. Mamlakatimiz jadal sur’atda o‘zgarib bormoqda. Respublikamiz fuqarolarning so‘z erkinligini kafolatlash va ochiqlik yo‘lini tanlagan.

    Maqsadimiz – fuqarolar uchun manfaatli, davlat va jamiyat o‘rtasida ko‘prik bo‘la oladigan axborot maydonini yaratish. Bu boradagi harakatlarimiz YeXHTning OAVni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha asosiy prinsiplariga mos tushadi.

    Ishonch bilan aytishimiz mumkinki, jamiyatimiz o‘zgarib bormoqda, odamlar tobora sifatliroq axborot olishni istashyapti. Ommaviy axborot vositalarimiz ham o‘zgaryapti va turfa-xil fikrlar maydoniga aylangan. Jurnalistlarda o‘ziga ishonch ortmoqda. Bugun ommaviy axborot vositalari muhim masalalardagi tanqidiy chiqishlar bilan yangi O‘zbekistonni bunyod etishda faol qatnashmoqda», – deb ta’kidladi Mirziyoyeva.

    AOKA direktorining o‘rinbosari o‘z so‘zida davlat organlarining ochiqligi, tashkilotlarning matbuot xizmatlari va ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi hamjihatlik, AOKAning bu jarayondagi o‘rni, agentlik tomonidan jurnalistlar va blogerlarni himoya qilish uchun ko‘rilayotgan choralar haqida ham gapirib o‘tdi.

    Saida Mirziyoyeva, shuningdek, O‘zbekistonda oldin taqiqda bo‘lgan qator xorijiy OAVdan taqiqlar olib tashlangani, xorijlik jurnalistlarni akkreditatsiyalash soddalashtirilgani, matbuot kotiblarining mavqeyi oshirilib, ularga sharoitlar yaratilayotgani va muntazam malakasini oshirib borish tizimi joriy etilgani kabi masalalar yuzasidan ham ma’lumot berdi.

    «Biz matbuot erkinligini ta’minlash uchun qiyin yo‘lning boshida turganimizni bilamiz. O‘tgan bir necha yilda ko‘p ishlar qildik, lekin hali oldinda turgan vazifalar talaygina.

    Mamlakatimiz ochiqlik, so‘z va axborot erkinligini kafolatlash hamda OAVni haqiqiy to‘rtinchi hokimiyatga aylantirish yo‘lidan bormoqda. Orqaga qaytish yo‘q», – deb so‘zini yakunladi Saida Mirziyoyeva.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Saida Mirziyoyeva: OAVni haqiqiy to‘rtinchi hokimiyatga aylantirish yo‘limizdan qaytmaymiz