07:08 / 12.10.2019
2 394

O‘zbekistonda shakarning narxi bilan bog‘liq holat barqaror ekanligi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda shakarning narxi bilan bog‘liq holat barqaror ekanligi ma’lum qilindi
O‘zbekistonda shakar narxining o‘zgarishi yuz bermoqda. Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilda birinchi marta shakarning eng yuqori narxi 7000 so‘mga chiqdi, deb yozmoqda Spot.

Nashrning qayd etishicha, qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha berilgan imtiyozlarning bekor qilinishi sababli shakar narxining oshishi mumkinligi haqida joriy yilning yozida ba’zi shakar ishlab chiqaruvchilar ogohlantirgan.

«O‘zbekoziqovqatxolding» kompaniyasi tomonidan xabar berilishicha, shakar narxlari bilan bog‘liq holat barqaror qolmoqda.

Kompaniya tomonidan ma’lum qilinishicha, Angren va Xorazm shakar zavodlarining ishlab chiqarish quvvati yiliga 800 ming tonnani tashkil qiladi. Shakarga bo‘lgan yillik talab miqdori esa 700 ming tonnaga teng. Bundan tashqari, omborlarda 80 ming tonna import qilingan shakar saqlanmoqda.

Ayni paytda mahalliy shakarning ulgurji narxi 4950—5150 so‘mni tashkil etadi. 10 oktyabr holatiga shakarning chakana narxi 5200—6000 so‘mni tashkil qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda shakarning narxi bilan bog‘liq holat barqaror ekanligi ma’lum qilindi