08:15 / 12.10.2019
3 506

Xo‘rozqand chet elniki. Endi faqat Crafers yeymizmi?

Xo‘rozqand chet elniki. Endi faqat Crafers yeymizmi?
Toshkentdagi Crafers do‘konlaridan biri
2020 yil 1 yanvardan shokolad va tarkibida kakao bo‘lgan boshqa tayyor oziq-ovqat mahsulotlari uchun import boji stavkasi hozirgi 15 foizdan 30 foizgacha oshiriladi.

Bu haqda 2 oktyabr kuni prezident qarori imzolangan. Ya’ni endi chet el «xo‘rozqandlari» narxi keskin oshadi, natijada milliy mahsulotlarimizga ehtiyoj ortadi.

Aytaylik, yangi yildan Snickers shokoladi narxi 30 foizga qimmatlaydi. Natijada aholi faqat mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotini olishga majbur bo‘ladi. Mahalliy ishlab chiqarishda esa hozircha Crafers monopoliyasi o‘rnatilmoqda.

Antimonopoliya qo‘mitasi bu kompaniyani monopol emas deb hisoblagandi. «Crafers — monopolist emas, u qandolat mahsulotlari bozori holatiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi», deya rasmiy bayonot bergandi.

Bu holat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida ham ancha muhokamalarga sabab bo‘lgan. Tvitterdagi o‘zbek foydalanuvchilar orasida «O‘zstandart» va «Artel»ning hamkorligini la’natlayman va qoralayman» nomli yangi trend mavzu ham paydo bo‘lgandi.

Bu gap bekorga chiqmagan. «O‘zstandart» va «Artel» hisoblagichlar ishlab chiqarish va aholiga sotishda hamkorlik qilish bo‘yicha kelishib olgani, «Artel» endi elektr hisoblagichlarga ham aralasha boshlagani yuzerlarga yoqmagan edi.

Bundan tashqari, foydalanuvchilar «O‘zstandart» tashabbusi bilan muhokamaga qo‘yilgan maishiy elektr texnikalarining importini cheklovchi qaror loyihasiga qoralash va la’natlash bilan javob qaytargandilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xo‘rozqand chet elniki. Endi faqat Crafers yeymizmi?