15:19 / 12.10.2019
3 092

Adliya vazirligi “Family day” loyihasini amalga oshirdi (foto)

Adliya vazirligi “Family day” loyihasini amalga oshirdi (foto)
Davlat idoralari va tashkilotlarining ochiqligi hamda shaffofligini ta’minlash, shuningdek, Prezidentning besh tashabbusini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Adliya vazirligi an’anaviy ochiq eshiklar kuni doirasida “Family day” loyihasini amalga oshirdi.
Loyiha doirasida vazirlik xodimlarining oila a’zolari, farzandlari Adliya vazirligi Markaziy apparati joylashgan binoga kelishdi.

Mehmonlar uchun vazirlik binosiga ekskursiya tashkil etildi. Bolajonlar ota-onalarining ish o‘rinlariga o‘tirib, “Adliya xodimi qanday ishlaydi?” degan savolga javob topdilar.

Shuningdek, bolajonlar vazirlik hududida joylashgan “Adliya organlari tarixi” muzeyini ham tomosha qilib, O‘zbekiston adliya tizimi tarixi bilan yaqindan tanishdilar.

Tadbirda bolajonlarning vazirlik rahbariyati bilan uchrashuvi ham bo‘lib o‘tdi. Samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tgan uchrashuvda yosh avlod vazirga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berdilar, adliya organlari va huquqshunoslik haqida ko‘plab yangi ma’lumotlarni bilib oldilar.

Tadbir doirasida taniqli san’at va sport yulduzlari bilan uchrashuvlar ham tashkil etildi. Taniqli shaxslar o‘z muvaffaqiyatlari sirini va hayotiy tajribalarini bolajonlarga so‘zlab berdilar.

Bayram turli interaktiv o‘yinlar, intellektual viktorinalar bilan yanada boy mazmun kasb etdi. Viktorina g‘oliblariga vazirlikning esdalik sovg‘alari topshirildi.

“Family day” loyihasi yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda adolat, tartib, qonun tushunchalariga yaqinlikni paydo qilish, shuningdek, huquq sohasiga qiziqish uyg‘otish maqsadida tashkil etildi. Tadbir yakunida ushbu maqsadlarga to‘liq erishilgani bolalarning ko‘tarinki kayfiyati va boy taassurotlarida o‘z aksini topdi.
Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan alokalar bo‘limi

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Adliya vazirligi “Family day” loyihasini amalga oshirdi (foto)