Farg‘onada neftni qayta ishlash bilan shug‘ullangan yashirin sex aniqlandi

  • 12 oktyabr 2019, 17:05
  • 739
  • Jamiyat
  • Farg‘onada neftni qayta ishlash bilan shug‘ullangan yashirin sex aniqlandi
    Farg‘ona shahridagi Kimyogarlar ko‘chasidagi uyda joylashgan «Farg‘ona stats oyl» MChJning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda «O‘zneftgazinspeksiya» axborot xizmati xabar bermoqda.

    Qayd etilishicha, holat «O‘zneftgazinspeksiya» tomonidan neft va neft mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha yashirin sexlarni aniqlash va ularning faoliyatiga chek qo‘yish maqsadida o‘tkazilgan navbatdagi tadbirlar paytida aniqlangan.

    Vakolatli organlardan ruxsat beruvchi hujjatlarga ega bo‘lmagan holda korxona yashirin ishlab chiqarishni - xom neftga ishlov berish bo‘yicha sexni tashkil qilgan. Foydalanilgan texnologiyaga ko‘ra, mahsulot gaz kondensatini to‘g‘ridan-to‘g‘ri haydash yo‘li bilan olingan, neft mahsulotlarini sovitish esa ularni 40-millimetrli 4 ta po‘lat quvur orqali haydash yo‘li bilan amalga oshirilgan. Bu quvurlar oqar suvli lotoklar ichidan o‘tkazilgan. Korxona hududida, shuningdek, 2 ta yer osti va 7 ta yer usti sig‘imlar, 4 ta bir tonnalik va 20 ta yigirma litrlik yelim idishlar, 4 ta 200 litrlik temir bochka va ikkita 1 m3lik gorizontal idishlar topilgan.

    Bildirilishicha, ob’ektda neft va neft mahsulotlariga ishlov berish bo‘yicha ishlab chiqarish sikli tashkil qilingan. Aniqlangan ashyoviy dalillar orasida 5 tonna xom neft, 5,5 tonna dizel yoqilg‘isi, 23,5 tonna sanoat moyi, shuningdek, 12 tonna neft shag‘ali va 3 tonna neft koksi bor.

    Neft xomashyolar va qayta ishlangan mahsulotlar hamda moylar temir sig‘imlarda saqlangan. Hozirgi paytda idishlarda saqlangan neft mahsulotlarining umumiy hajmi aniqlanmoqda.

    Topilgan idishlardagi mahsulotning sifatini aniqlash uchun 5 ta namuna olindi. Namunalar Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining kimyoviy nazorat laboratoriyasiga batafsil tahlil o‘tkazish uchun yuborilgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Farg‘onada neftni qayta ishlash bilan shug‘ullangan yashirin sex aniqlandi