19:23 / 12.10.2019
2 651

Boshlang‘ich sinflarda o‘qish va matematika ko‘nikmalarini yaxshilash bo‘yicha AQSh bilan hamkorlik qilinadi

Boshlang‘ich sinflarda o‘qish va matematika ko‘nikmalarini yaxshilash bo‘yicha AQSh bilan hamkorlik qilinadi
Foto: Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati
Amerikalik besh nafar mutaxassis Xalq ta’limi vazirligidagi hamkasblari bilan hamkorlikda ikkinchi va to‘rtinchi sinf o‘quvchilarining o‘qish va matematika bo‘yicha ko‘nikmalarini baholash metodikasini ishlab chiqish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

AQSh Taraqqiyot agentligi (YuSAID) qo‘llab-quvvatlayotgan ushbu baholash natijalaridan o‘quvchilarning boshlang‘ich maktabda umumiy ko‘nikmalarni qay darajada o‘zlashtirayotganini o‘rganish borasida mamlakat miqyosida tadqiqot o‘tkazish uchun foydalaniladi. Bu tadqiqotlar O‘zbekistonga o‘quv natijalari haqida batafsil ma’lumot bazasi ishlab chiqishga yordamlashib, ular barcha o‘quvchilarning muvaffaqiyatga erishishini ta’minlashda ta’lim va o‘qitishni yaxshilash strategiyasini ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

O‘zbekiston va AQSh ekspertlari jamoasi matematika va o‘qish bo‘yicha sakkiz tilda (o‘zbek, rus, qoraqalpoq, qozoq, tojik, qirg‘iz, turkman va ingliz) 28 tadan ortiq savolnoma ishlab chiqadi.

Xalq ta’limi vazirligi va uning viloyat bo‘limlaridagi qirq nafar xodimi sakkiz kunlik seminarda ishtirok etib, unda boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning ko‘nikma va bilimlarini baholash asosi sifatida o‘qish (EGRA) va matematikani (EGMA) baholash metodikasidan foydalaniladi. Bu metodikalar umumiy qiymati 50 million dollar bo‘lgan rivojlanish maqsadlari bo‘yicha besh yillik kelishuvning birinchi komponenti bo‘lib, uni ta’lim sohasida bilimga asoslangan yondashuvga alohida e’tibor qaratayotgan Xalq ta’limi vazirligi va YuSAID 2019 yil 28 sentyabr kuni imzolagan.

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatovning ishtirokchilarga aytishicha, “Bu O‘zbekistonda olib borilayotgan birinchi xalqaro tadqiqot bo‘lib, u boshlang‘ich maktablarda o‘qish natijalarini aniq baholashga imkon beradi. Bu esa vazirlikka ta’lim tizimini yaxshilashda yangi metodologiya ishlab chiqishda yordamlashadi”. YuSAID va Xalq ta’limi vazirligi konkret maqsadli dasturlarni ishlab chiqish uchun iloji boricha ko‘proq ma’lumot yig‘ish maqsadida keng ko‘lamli umummilliy tadqiqot o‘tkazadi. Bunday baholash tizimini yo‘lga qo‘yish AQSh ta’lim sohasida O‘zbekistonga ko‘rsatayotgan texnik ko‘makning bir qismi.

YuSAID o‘qish, matematika va baholash sohasida tegishli bilimlarni taqdim etar ekan, seminar davomida “RTI International” tashkilotini Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlik qilishga jalb etdi. 2019 yil noyabrida “RTI International” vazirlik bilan birgalikda EGRA va EGMA tizimlarini sinovdan o‘tkazadi hamda uning natijasida 2020 yili mamlakat miqyosida tadqiqot olib boradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Boshlang‘ich sinflarda o‘qish va matematika ko‘nikmalarini yaxshilash bo‘yicha AQSh bilan hamkorlik qilinadi