Qalbaki AQSh dollarini haqiqiysiga almashtirishning antiqa yo‘lini topgan firibgar

  • 13 oktyabr 2019, 06:00
  • 1 814
  • Jamiyat
  • Qalbaki AQSh dollarini haqiqiysiga almashtirishning antiqa yo‘lini topgan firibgar
    Firibgarlik yo‘li bilan qalbaki 700 AQSh dollarini haqiqiysiga almashtirib, fuqaroni chuv tushirgan S.Ismatov 5 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi katta konsultanti Akramjon Aripov ma’lum qildi.

    Muqaddam uch marta sudlangan fuqaro S.Ismatov qamoqdan chiqqanida ikki oy ham o‘tmay, yana jinoyatga qo‘l urdi. U o‘zining jinoiy sheriklari bilan qalbaki 700 AQSh dollarini haqiqiysiga almashtirishning antiqa yo‘lini topdi.

    Sheriklaridan biri bankka kirib kimning qancha chet el valyutasi olib ketayotganini aniqlaydigan va ikkinchisi uning ortidan borib, ikkinchi epizodni bajaradigan bo‘lishdi.

    Andijonlik Z.Sultonova o‘g‘li bilan Namangan shahridagi “Infin bank”dan eridan kelgan 750 AQSh dollarini olisharkan, 50$ni bozor qilish maqsadida so‘m qilib bankdan chiqishdi. Ular “Sardoba” bozoriga kelib bozorliklarini qilib chiqishgandiki, mashinalari oldida chiroyli kiyingan yigit qarshi oldi.

    — Zulfiya Sultonova sizmisiz, opa?
    — Ha men...
    — Ming bor uzr opa, men bank xodimiman. Ozgina anglashilmovchilik bo‘libdi, boshqaga kelgan pulni xodimlarimiz adashib sizga berib yuborishibdi, shunga...

    Shu paytda telefon jiringlaydi-da go‘yo bankda shu bo‘yicha tintuv bo‘layotgandek “boshliq” holatni surishtiradi.
    — Ha, hozir opani oldidamiz, mana...

    Telefon Z.Sultonovaga tutiladi.
    — Allo, men hozirgina siz pul olgan bankning boshlig‘iman, opa uzr yigitlar xatolikka yo‘l qo‘yishibdi. Pulingizni alishtirib berishadi, bizni muammodan chiqaring, iltimos opa...

    “Ha, bo‘pti-da, buyam dollar, uyam dollar. Ish bor joyda kamchilik bo‘ladi-da...” Ayolning kallasiga kelgan fikr shu bo‘ldiyu pullarni osongina alishishdi.

    Firibgarlar asl pulga, fuqaro qalbakisiga ega bo‘ldi. Oradan biroz muddat o‘tib 100 dollarni so‘m qildirish maqsadida bankka kelgan Z. Sultonovaga pulining qalbaki ekanligini aytishadi. Olib borilgan surishtiruv, tezkor tekshirish natijalarida yuqoridagi holat fosh bo‘ladi.

    S.Ismatov sud hukmi bilan 5 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Qalbaki AQSh dollarini haqiqiysiga almashtirishning antiqa yo‘lini topgan firibgar