3 026
O‘zbekistonlik talaba Seulda o‘tkazilgan «Quiz on Korea» tanlovi mutlaq g‘olibi bo‘ldi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi Hamida Qahramonova Janubiy Koreyaning Seul shahrida o‘tkazilgan «Quiz on Korea» tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur nufuzli xalqaro tanlovda Germaniya, Angliya, Portugaliya, Rossiya va Turkiya kabi 20 ta davlatdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etib, ular Koreya madaniyati va tarixi bo‘yicha savollar asosida sinovdan o‘tkazildi.
O‘zDJTU talabasi tanlovda muvaffaqiyatli ishtirok etib, finalda mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va 10 millon von (deyarli 10 ming dollar) pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Ma’lumot uchun, Hamida Qahramonova O‘zDJTUning filologiya fakultetida koreys tili yo‘nalishi bo‘yicha 3-bosqichda tahsil oladi. U joriy yilda KOICA tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan koreys madaniyati mutaxassislari dasturida ham birinchi o‘rinni olib, Janubiy Koreyaga 80 kunlik ta’lim grantini qo‘lga kiritgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
AQSH elchisi: “Rossiya Ukraina poytaxtiga gipertovushli raketalar bilan zarba berdi”
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!
Netanyahu Isroil delegatsiyasining AQSHga safarini bekor qildi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi