Rasul Kusherbayev: "Artel" monopoliya sari intilishda siyosiy "krыsha"ga ega bo‘ldi

  • 14 oktyabr 2019, 00:02
  • 1 376
  • Jamiyat
  • Rasul Kusherbayev: "Artel" monopoliya sari intilishda siyosiy "krыsha"ga ega bo‘ldi
    O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev mamlakatimizdagi monopoliya va qonunchilikdagi lobbizm haqida fikr yuritib, "Artel" kompaniyasi va "Milliy tiklanish" partiyasi aloqalari haqida o‘z sahifasida yozib qoldirdi:

    Bu fikrlarimni saylov jarayoni yoki boshqa shaxsiy manfaatlarga aloqasi yo‘q, deb qabul qilishlarini istardim.

    Men monopoliyaning har qanday shakliga qarshiman. Bizdagi ko‘pgina mag‘lubiyatlar u sabab va afsuski davlat manfaatlari yuzasidan tabiiy monopoliyaga hozircha chidash kerak bo‘layapti, biroq bu ham vaqtincha.

    Chunki monopoliya sharoitida bir inson yoki bir guruh shaxslarning boyishi, yaxshi yashashi uchun boshqalar qurbon qilinadi. Monopoliya erkinlikni cheklaydi, raqobatni o‘ldiradi, rivojlanishni ortga qaytaradi, u jamiyatni iqtisodiy qullikka yetaklaydi. Balki oshirvorgandirman, lekin bor gap shu.

    Artel monopolist emasligiga ishongimiz keladi, haqiqatan de yure u monopolist emas va bunga intilmayapti, biroq de fakto intilayapti. Buni import mahsulotlariga qo‘yilayotgan turli to‘siq va oshirilgan bojlar misolida ko‘rsa ham bo‘ladi.

    Yaqinda iqtisodchi Yuliy Yusupov importdagi cheklovlar ortidan Artelni qulog‘i ko‘rinayotganini, bizning vazirlik va idoralar birgina kompaniya manfaatlari uchun ishlayotgandek tuyulayotganini bildirgandi. O‘z o‘rnida Artel normativ huquqiy hujjatlar qabul qilinishiga hech qanday aloqasi yo‘qligini, O‘zbekistonda iqtisodiyot erkin bozor prinsiplariga ko‘ra ishlashini ma’lum qildi. Oddiy aytganda Artel lobbizm bilan shug‘ullanmagan. Men bunga ishonaman. Chunki rasman Artelda siyosatda lobbizm uchun siyosiy suyanchiq yo‘q. Amalda esa... Unga birgina shu narsa rasman yetishmayotgandi.

    Kuni kecha Artel "Milliy tiklanish" partiyasini tanlaganini angladim, partiya emas "Artel" tanladi va monopoliya sari intilishda siyosiy "krыsha" ga ega bo‘ldi rasman. Endi lobbizm bilan rasman shug‘ullanish va qonunchilik orqali de yure monopol bo‘lishga harakat qilish imkoniyati paydo bo‘ldi.

    Iqtisodiyotda barcha uchun teng imkoniyat va sharoitlar yaratilmas ekan, ko‘pchilik kamchilikning manfaati uchun qullikka mahkum bo‘ladi. Biz iqtisodiyotda erkinlik, tenglik va monopoliyadan holilik tarafdorimiz.

    "Milliy tiklanish" ga e’tirozim yo‘q, omadini bersin. Faqat monopoliya nima ekanligini unutmasalar bo‘ldi.

    O‘zimni esa bir savol o‘ylantirayapti: Artel monopoliya uchun "krыsha"likka boshqa partiyani tanlaganda vaziyat qanday bo‘lardi?

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Rasul Kusherbayev: "Artel" monopoliya sari intilishda siyosiy "krыsha"ga ega bo‘ldi