22:05 / 13.10.2019
2 839

DXX muqaddas Qur’onning nodir nusxasini chetga sotayotganlarni fosh qildi (video)

DXX muqaddas Qur’onning nodir nusxasini chetga sotayotganlarni fosh qildi (video)
Davlat xavfsizlik xizmati muqaddas Qur’on kitobining nodir nusxasini mamlakatimizdan olib chiqib ketilishiga chek qo‘ydi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, buxorolik Farrux Sharapov ismli 49 yoshli fuqaro noyob “Qur’on” kitobini sotish vaqti qo‘lga olindi. Sharapov ushbu kitobni 150 ming dollarga Qirg‘iziston fuqarosiga sotmoqchi bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligining ekspertiza xulosasiga ko‘ra, XVI asrda qo‘lyozma shaklida bitilgan ushbu «Qur’oni Karim» usta hattot Mulla Yusuf Saxxof tomonidan kitob shakliga keltirilgan va taxminan XIX asr oxiri va XX asr boshlarida qayta restavratsiya qilingan.

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, ushbu qo‘lyozma Samarqand hattotlik maktabi uslubida yozilgan, qariyb 5 asrlik tarixga ega, sahifalariga oltin suvi yuritilgan, benazir kitob bo‘lib, uning taxminiy qiymati 1 milliard 880 million so‘m(200 000$)ga teng.

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Ushbu nodir Qur’on kitobi tarixiy, ilmiy va badiiy qiymatga ega bo‘lganligi bois, respublikamiz hududidan olib chiqib ketilishi ta’qiqlangan kitoblar sirasiga kiradi. Endilikda u O‘zbekiston tarixi davlat muzeyiga topshiriladi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DXX muqaddas Qur’onning nodir nusxasini chetga sotayotganlarni fosh qildi (video)