Evril TURON: "Millat – til bilan tirik"

  • 14 oktyabr 2019, 09:36
  • 458
  • Jamiyat
  • Evril TURON: "Millat – til bilan tirik"
    Tilimizni o‘z boshimizdek, o‘z ko‘zimizdek, o‘z jonimizdek asraylik.
    Millatimiz – Tilimiz bilan tirik.
    Kim o‘z tilini sevmasa, kim o‘z tilidan iymansa, kim o‘z tilini mensimasa, undaylar nima,chiqindilar nima?

    Undaylar nima, manqurtlar nima?
    Undaylarni yakkalab, ajratib qo‘y, elim!
    O‘z millatini, o‘z tilini sevmagan odam, bilki, o‘z Vatanini ham, o‘z xalqini ham, o‘z tarixini ham, o‘z urf-odatini ham, o‘z daholari: Amir Temur, Mahmud Qoshg‘arli, Ahmad Yassaviy, Alisher Navoiy, Bobur, Cho‘lpon, Fitrat, Qodiriylarni ham sevmaydi.

    Tilfurushlarni yot til kishilar ham ichlarida xushlamaydilar. O‘z tiliga, o‘z millatiga vafo qilmagan odam, o‘zgaga vafo qiladimi?
    Og‘ir damda sotadi.
    Sotqinni go‘r tuzatadi.

    Agar tilfurush, millatfurush, dinfurush o‘lsa, uni yot qon ko‘mmaydi. Oqibat, xoinga o‘z millati yaraydi.
    Buni men amalda ko‘rib kelayapman. Biroq sotqinlarni kechirmaslik kerak! Tilni boy berish-millatni boy berishday gap.
    Bu borada Rusdan, Ingilizdan, Olmondan, Yapondan ibrat olaylik.Ularda faqat va faqat o‘z tillarida o‘qitiladi.

    Bizning ulardan kam yerimiz bormi?
    Bor deguvchi sotqinlar ham bor.
    Bunday manqurtlarni kechirma elim!

    Aslo kechirma!!!
    Shundaylar sababli uzoq yillar o‘zbekning biri-ikki bo‘lmadi.
    Shundaylar tufayli o‘zbek tili rivojlanmadi.

    Kim o‘zbek tiliga qarshi borsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri uni millat dushmani, Vatan xoini sifatida jazolash kerak!!!
    Bugun rus tilini ham o‘rganish kerak. Ammo

    Al Xorazmiy,
    Al Beruniy,
    Al Farobiy,
    Ibn Sinolar...

    O‘ris tilida o‘qishganmi?
    O‘z tilini, o‘z millatini yerga urgan kishini jazolash lozim!!!
    Hech kim hech bir tilni, hech bir millatni kamsitishga haqqi yo‘q!

    Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona, Andijon, Namangan... qisqasi, o‘zbek shaharlari ajnabiy atamalarga to‘lib ketdi. Hamma ko‘rib turgan narsaga misol shart emas!
    O‘zbekyurtda o‘zbekcha atama anqoning urug‘i emas.
    Buning uchun tuman, shahar hokimlari javob berishi kerak!!!

    Millatsevar, Vatansevar, Tilsevar, bilim doiralari keng hokimlar o‘zbekda ko‘p.
    Yuksak vakolatga ega “O‘ZBEK TILI KENGAShI“ ni tashkil etish lozim. Imkon darajasida bironta atama ham yot tilda bo‘lmasligi kerak.
    Yot atamalarni KENGASh yuz foiz o‘zbeklashtirishi lozim.

    KENGAShning har shahar, har tumanda o‘z bo‘limlari (shahar, tumanning katta-kichigiga qarab, bir yo ikki kishidan iborat vakili bo‘lishi kerak. Har bir nom, atama ularning va so‘ng BOSh KENGAShning ko‘rigidan o‘tishi shart.

    KENGAShga shunday vakolat berish kerakki, millati, irqi, dinidan qatiy nazar o‘zbekcha o‘qish, yozishni bilmasa, uni ishdan chetlatsin! Xuddi Rus davlati misol. Hamma davlat ishi faqat va faqat o‘zbek tilida olib borilishi shart!

    Yo‘qsa, o‘zbek tili rivojlanmaydi.
    O‘zbek davlati-Rus, Ingliz, Xitoy davlatlari kabi davlatdir. O‘zini ulardan past olish – davlat kamoliga qarshi qarashdir.

    Millat til bilan tirik.
    Evril TURON
    11 oktyabr 2019 yil.

    Manba: Uza.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Evril TURON: "Millat – til bilan tirik"