Bugun, 14 oktyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Adliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida san’atkorlarning soliqqa tortilishi tartibi, bu borada rejalashtirilayotgan islohotlar to‘g‘risida so‘raldi.
Davlat soliq qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Shuhrat Ismoilov bu borada izoh berdi.
«San’atkorlar va xonandalar shu paytga qadar ham ma’lum to‘lovlar to‘lashgan va to‘lab kelishmoqda. Ular «O‘zbekkonsert» birlashmasi tomonidan litsenziya olishadi. Bu litsenziyalar san’atkorlar reytingiga qarab turli toifada beriladi. O‘sha litsenziya muddatiga ko‘ra (3, 6, 9 oy yoki 1 yil) maxsus yig‘im undiriladi va uning ma’lum bir qismi byudjetga tushadi. Undan tashqari litsenziyasining amal qilish muddatida har oyda EKIH bazaviy miqdori darajasida yagona ijtimoiy to‘lov ham to‘lashadi.
Lekin 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab san’atkorlardan yangicha tartibda soliq undirish rejalashtirilmoqda. Unga ko‘ra xonandalar topgan daromadlari bo‘yicha deklaratsiya to‘ldirib, daromad solig‘i to‘lashi kutilmoqda. Yil yakuniga ko‘ra esa aprel oyida yillik deklaratsiya to‘ldiriladi va umumiy hisob-kitob qilinadi.
Endi «Ularning daromadlarini qayerdan bilamiz?», degan savol tug‘ilishi tabiiy. Yangi talablarga ko‘ra, to‘yxonalar (to‘y egasi emas) tashrif buyuruvchi xonandalar bilan rasmiy shartnoma tuzadi va unda ko‘rsatiladigan xizmat haqi ham ko‘rsatiladi. Soliq organlari esa bu shartnomalar haqida ma’lumot to‘plab borishadi». “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi