Biznesni tugatish sodda va kam xarajatli bo‘lishi kerak

  • 14 oktyabr 2019, 20:53
  • 384
  • Jamiyat
  • Biznesni tugatish sodda va kam xarajatli bo‘lishi kerak
    Biznesni ochish qanday qulay va oddiy bo‘lsa, uni tugatish ham xuddi shunday sodda va kam xarajatli bo‘lishi kerak. Afsuski, oxirgi 20 yilda amalda bo‘lgan tartibga muvofiq, bitta korxonani tugatishga 17 ta hujjatni to‘plash, 6 ta organ va tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlab, bu jarayon uchun kamida 83 kun vaqt talab etilar edi, deb xabar bermoqda Davlat soliq qo‘mitasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boshqarmasi.

    Endilikda Prezident farmoni (PF-5739, 07.06.2019 ) bilan 2020 yil 1 yanvardan boshlab tadbirkorlik sub’ektlarini tugatishning soddalashtirilgan ikkita turi joriy etildi.

    Tadbirkorlik sub’ektlarini tugatishning birinchi turida, 9 oy mobaynida hisob raqamiga pul tushmasa, korxonalar faoliyat ko‘rsatmayotgan statusga o‘tkaziladi.
    Undan keyingi qadam, boshqa rivojlangan mamlakatlardagi kabi soliq organining taqdimnomasiga asosan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ faoliyat yuritmayotgan sub’ektlarni uch yil muddatga harakatsiz («spyaщiy rejim») rejimga o‘tkazadi.

    Bu muddatda faoliyatini tiklamasa, avtomatik ravishda Yagona davlat reyestridan chiqarilishi belgilab qo‘yildi.

    Tugatishning ikkinchi turi – bu tadbirkorlik sub’ektlarini ixtiyoriy tugatish.
    Amaldagi tartib bo‘yicha korxonani tugatuvchisi tomonidan bir yoki bir necha davriy bosma nashrlarda korxonaning tugatilishi to‘g‘risida e’lonlar berishga majbur.

    Endi esa korxona tugatilayotganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan o‘zining rasmiy saytiga joylashtiradi.
    Davlat ro‘yxatidan o‘tgan vaqtdan, faoliyat yuritmagan va tabiiyki soliq qarzi bo‘lmasa, yakuniy tekshirish o‘tkazilmaydi.

    Faoliyat ko‘rsatgan korxonalarni ham tugatish uchun tekshirish davriga oxirgi 3 yillik olinadigan bo‘ldi, hozirgi kunda bu davr 5 yilni tashkil etadi.
    Tugatish jarayoning umumiy muddati, to‘qqiz oydan olti oyga qisqartirildi.

    Bundan tashqari, moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish uchun vakolatli davlat organlaridan korxona to‘g‘risidagi mavjud ma’lumotlarni olish Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali amalga oshirilishi belgilandi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Biznesni tugatish sodda va kam xarajatli bo‘lishi kerak