19:10 / 14.10.2019
3 502

Ohangaronda «Mersedes-Bens» mashinasi beton to‘siqqa urilib, yonib ketdi (video)

Ohangaronda «Mersedes-Bens» mashinasi beton to‘siqqa urilib, yonib ketdi (video)
Foto: Videolavhadan skrinshot
Bugun, 14 oktyabr kuni soat taxminan 15:10 larda Toshkent viloyati Ohangaron tumanidan o‘tuvchi «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining 158 kilometrida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Angren shahridan Ohangaron shahri tomonga harakatlanib kelayotgan, davlat raqami 01 423 GGA bo‘lgan «Mersedes-Bens» rusumli yuk mashinasi yomg‘irli ob-havo sharoitida rul boshqaruvini eplay olmay, yo‘lni ajratuvchi beton to‘siqqa borib urilgan. Zarb natijasida kelib chiqqan yong‘in sababli yuk mashinasi yonib ketgan.

«Yuk mashinasi boshqaruvida bo‘lgan haydovchi — 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro K.E sog‘-salomat. YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Toshkent viloyati IIBB YHXB haydovchilardan kuz-qish yog‘ingarchilik mavsumida, tezlikni oshirmasliklarini va yo‘l qoidalariga amal qilishlarini so‘raydi», deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ohangaronda «Mersedes-Bens» mashinasi beton to‘siqqa urilib, yonib ketdi (video)