21:54 / 14.10.2019
3 069

AOKA rahbariyati BAAda qirollik oilasi a’zosi bilan uchrashdi (foto)

AOKA rahbariyati BAAda qirollik oilasi a’zosi bilan uchrashdi (foto)
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbarlari Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva ayni paytda Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib turibdi.

Delegatsiya bugun, 14 oktyabr kuni BAA bosh vaziri o‘rinbosari, Ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoyd Ol Nahayon bilan uchrashgan. Bu haqda agentlik direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.

«Suhbat chog‘ida Shayx Sayf Ol Nahayon Amirliklar O‘zbekiston xalqi va hukumatiga nisbatan chuqur hurmatda ekani hamda barcha sohalarda mamlakatimiz bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga tayyorligini bildirdi», – deya qayd etdi Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida.

Ma’lumot uchun, Shayx Sayf bin Zoyd Ol Nahayon – BAAning ilk prezidentining o‘g‘li. U 2004 yildan buyon ichki ishlar vaziri lavozimida ishlab keladi.

AOKA rahbariyati vakillari dushanba kuni, shuningdek, BAA Vazirlar Mahkamasi ishlari bo‘yicha va kelajak vazirligi huzuridagi Mahkama Bosh kotibiyati vakillari bilan ham uchrashgan.

«Vazirlar Mahkamasi Bosh kotibi Abdulla ben Touk axborot sohasidagi tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Xususan, mamlakatning xalqaro imijini yaxshilash bo‘yicha BAAda yo‘lga qo‘yilgan ishlar, amalga oshirilayotgan loyihalar bizda iliq taassurot qoldirdi», – deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

«O‘ylaymanki, xalqaro media maydonida o‘z nufuziga ega Amirliklar tajribasi mutaxassislarimiz uchun foydali bo‘ladi», – deb qo‘shimcha qilgan u.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu yil mart oyida BAAga bir necha kunlik davlat tashrifi bilan borgan, unda 10 mlrd dollardan ziyod qiymatdagi investitsiya kelishuvlari imzolangan edi. Tashrif doirasida davlat rahbari BAA ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoyd Ol Nahayon bilan ham uchrashgandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » AOKA rahbariyati BAAda qirollik oilasi a’zosi bilan uchrashdi (foto)