Sherzod Shermatov maktablar muvaffaqiyatining asosi nimaligini aytdi

  • 15 oktyabr 2019, 08:45
  • 509
  • Jamiyat
  • Sherzod Shermatov maktablar muvaffaqiyatining asosi nimaligini aytdi
    Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov o‘zining Facebook’dagi sahifasida o‘qituvchilarning ish uslubini o‘zaro solishtirib o‘tdi. Vazir maktab muvaffaqiyatga erishishi uchun birinchi navbatda nima qilish kerakligini aytdi.

    Yaxshi va yomon ko‘rsatkichli maktablar orasida turli viloyatlarda bo‘lishiga qaramay, qiziq bir umumiy holatni kuzatish mumkin.

    Oliy ta’lim muassasasiga davlat granti asosida kirgan bitiruvchilari ko‘p va umuman ta’lim sifati yuqori bo‘lgan maktab ma’muriyati va o‘qituvchilari bilan suhbatlashganda shu narsa ma’lum bo‘ldiki, ular asosan o‘z kasbini sevishi, talabchanlik, tartib-intizom, darsga puxta tayyorgarlik ko‘rish kabi muhim vazifalari haqida aytib o‘tishdi. Ya’ni maktab muvaffaqiyatga erishishi uchun birinchi navbatda ular o‘zlari harakat qilishlari kerakligini ta’kidlab o‘tishdi.

    Oliy ta’lim muassasalariga bironta ham bitiruvchisi o‘qishga kirmagan hamda ota-onalar tomonidan talab yuqori bo‘lmagan (ya’ni markazda joylashgan va quvvatidan ko‘ra o‘quvchi soni kam bo‘lgan) maktab jamoasidan bu holatning sabablari so‘ralganda, ular o‘quvchilarning o‘qishga qiziqmasligi, bolalar ota-onalarining o‘zi ham oliy ma’lumotli emasligi hamda ularning ko‘pchiligi dehqon yoki hunarmand bo‘lgani sababli, ular ham o‘z navbatida farzandlarini darsga qiziqtirish o‘rniga hunarga o‘rgatayotgani, darsga proyektor yetishmasligi kabi turli sabablarni aytib o‘tishdi. Ya’ni maktab bitiruvchilarining muvaffaqiyatsizligida ulardan boshqa hamma aybdor ekanini tushuntirishga ancha harakat qilishdi.

    Bu o‘quv yilini «Ta’limda islohot: o‘zgarishni o‘zimizdan boshlaylik!» degan shior ostida boshlaganimiz bejiz emas.

    Hurmatli ustozlar va maktab rahbarlari!

    Maktabning muvaffaqiyati asosan sizning mehnatingizga bog‘liq. O‘quvchilarni motivatsiya qilish va ularni kelgusida oliy ta’lim muassasasiga qiziqtirish va yo‘naltirish, ota-onalarga ham imkon boricha farzandlarining qiziqish va salohiyatlaridan kelib chiqib, hayotda yuqoriroq marralarga harakat qilishlari muhimligini tushuntirish kerak bo‘ladi».

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Sherzod Shermatov maktablar muvaffaqiyatining asosi nimaligini aytdi