Bosh prokuratura matbuot xizmati Toshkent viloyatida aniqlangan talon-toroj holati yuzasidan xabar qildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirishda, “D.B.S” MChJ tomonidan Bekobod tumanidagi 29-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida shartnomada ko‘rsatilgan rekonstruksiya ishlari bajarilmagan bo‘lsada, “Infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi Toshkent viloyati filiali tomonidan ushbu jamiyatga 2,4 mlrd. so‘m o‘tkazib berilib, juda ko‘p miqdordagi byudjet mablag‘lari talon-toroj qilinganligi aniqlangan.
“D.B.S” MChJ rahbari tomonidan o‘zlashtirilgan byudjet mablag‘lari hisobidan “Chevrolet Laccetti” rusumli avtomashina sotib olinib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlar legallashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan “D.B.S” MChJ rahbari X.R., “Infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” DUK Toshkent viloyati filiali mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi