16:09 / 15.10.2019
2 562

Tayyor charm - poyabzal mahsulotlari eksporti 2025 yilga kelib 1,5 milliard dollardan oshadi

Tayyor charm - poyabzal mahsulotlari eksporti 2025 yilga kelib 1,5 milliard dollardan oshadi
2019 yilning 16-18 oktyabr kunlari "Úzekspomarkaz" milliy kúrgazmalar majmuasida "Úzcharmsanoat" uyushmasi tashabbusi bilan an’anaviy "UzCharmExpo" charm, poyabzal va múyna 11- xalqaro kúrgazma yarmarkasi tashkil etiladi. Kúrgazma oldidan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida matbuot anjumani búlib útdi.

Navbatdagi kúrgazma - yarmarka avvalgilaridan farkli ravishda yangi formatda útkazilayotgani bilan ajralib turadi. Bu yil mazkur anjumanda 20 dan ortik davlatdan 150 dan ziyod mahalliy va xorijiy kompaniya va tashkilotlar ishtirok etmoqda. Anjuman ekspozitsiyasidan 3500 dan ortiq mahsulotlar namunalari joy olgan.

Mazkur kúrgazma doirasida "Eng yaxshi milliy stend", "Eng yaxshi xorijiy stend", "Eng yaxshi poyabzal dizayni", ommaviy axborot vositalari uchun esa "Eng yaxshi media mahsulot" nominatsiyalari búyicha tanlov tashkil etiladi.

Shu úrinda ta’kidlash kerak, 2017 yilda xorijiy bozorlarga aynan yuqori qiymatli tayyor mahsulotlarni yetkazib berish hisobiga eksportdan kelib tushgan tushum 105,1 million dollarni tashkil etgan búlsa, joriy yilning yakuni bilan 197 million dollarlik mahsulot eksport qilinishi kutilmoqda. 2025 yilga kelib esa eksport kúrsatkichlari 1,5 milliard dollardan oshishi prognoz qilinmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tayyor charm - poyabzal mahsulotlari eksporti 2025 yilga kelib 1,5 milliard dollardan oshadi