17:49 / 15.10.2019
2 859

Aliment to‘lashdan bo‘yin tovlashning oqibati

Aliment to‘lashdan bo‘yin tovlashning oqibati
Majburiy ijro byurosi Qamashi tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan Fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘uzor tumanlararo sudining
19.01.2013 yildagi sud buyrug‘iga asosan undiruvchi S.Boqiyeva foydasiga ikki nafar farzandlarini moddiy ta’minoti uchun 1/3 qism miqdorida aliment undirish belgilangan bo‘lib, qarzdor Q.Panjiyev 2019 yil 20 fevral kunidan 2019 yil 20 sentyabr kuniga qadar bo‘lgan 7 oylik davr uchun 3 mln. 658 ming so‘m miqdoridagi aliment pullarini ma’muriy jazoga tortilganidan so‘ng ikki oydan ortiq muddat mobaynida aliment to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelgan.

Qamashi shahar, “Oybek” MFY, 11-mitti tuman, 12-uy, 4-honadonda yashovchi qarzdor Q.Panjiyev Qamashi tuman ma’muriy ishlar bo‘yicha sudining 2019 yil 14 yanvar kunidagi qaroriga ko‘ra moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan farzandlarini moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlaganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-4-moddasiga asosan 12 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlanganidan o‘ziga tegishli xulosa chiqarib olmasdan ma’muriy jazo qo‘llanilganidan so‘ng ham ikki oydan ortiq muddat mobaynida moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan farzandlarini moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash jinoyatini sodir etgan.

Mazkur holat yuzasidan Q.Panjiyevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 122-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Aliment to‘lashdan bo‘yin tovlashning oqibati