07:44 / 17.10.2019
4 384

Chimboydagi "qora uy"lar qishda issiq, yozda salqin bo‘ladi

Chimboydagi "qora uy"lar qishda issiq, yozda salqin bo‘ladi
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan suratlarda siz Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Chimboy davlat o‘rmon xo‘jaligida ishlab chiqarilayotgan milliy “qora uy“ (yurta)ni ko‘rib turibsiz.

Qora uylar asosan dala hovlilar, dam olish maskanlari va kurortlarda keng foydalaniladi. Qora uylar qish faslida issiq va yoz faslida salqin bo‘ladi. Boshqa joyga ko‘chirib, qurish uchun juda ham qulay hisoblanadi. Bu uylar qoraqalpoq elining tarixdan saqlanib kelayotgan merosi hisoblanadi.

Qora uylar sakkiz va olti kanatli (kenglik o‘lchovi m.kv) bo‘lib, o‘rmon xo‘jaligi tomonidan faqat buyurtma asosida tayyorlab beriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chimboydagi "qora uy"lar qishda issiq, yozda salqin bo‘ladi