O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi mamlakatlarga sayohat qilishmoqda?

  • 17 oktyabr 2019, 11:13
  • 1 071
  • Jamiyat
  • O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi mamlakatlarga sayohat qilishmoqda?
    O‘zbekistondan xorijga uchishning eng ommabop marshrutlar o‘ntaligi aniqlandi. Joriy yil boshidan aviachiptalarning bron qilinishi bo‘yicha ma’lumotlar Aviasales.com turistik izlash tizimi tahlilchilari tomonidan o‘rganib chiqildi.

    Eng talabgor yo‘nalish Moskva bo‘lib, bu yerga Toshkentdan uchish o‘rtacha 2,9 million so‘mga tushadi. Qayd etish kerakki, Rossiya poytaxti, boshqa omillar qatorida, Toshkentga eng yaqin transport xabi bo‘lib ham xizmat qiladi. O‘zbekistonlik sayyohlar bu yerdan Yevropa sari yo‘l olishlariga imkoniyatlar keng.

    O‘zbekistondan kelayotgan mehmonlar soni bo‘yicha reytingda ikkinchi o‘rinda, aviachiptalar narxi qimmat (o‘rtacha 6 million so‘m) bo‘lishiga qaramasdan, Seul shahri joy topgan.
    Borib-kelish chiptasi 1,9 million so‘mga teng Olmaotaga bo‘lgan marshrut esa eng arzon yo‘nalishlardan deb topildi.

    Ayni paytda, o‘zbekistonliklar Sankt-Peterburg shahriga ham tez-tez uchayotganligi aniqlanib, bu yerga chiptani 3,8 million so‘mga xarid qilish mumkin.
    Boshqa ommabop yo‘nalish - Bosfor ko‘rfazida joylashgan Istambul shahri. Toshkentdan turk megapolisiga 4,6 million so‘mga uchish imkoniyati mavjud.

    Sayyohlar orasida Qozon va Dubay shaharlari ham katta talabga ega. Ikkala shaharga narxlar teng bo‘lib, aviachiptalar 3,6 million so‘mga olinishi mumkin.
    Boshqa qimmat bo‘lmagan va shu bilan birga, o‘zbekistonlik sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan yo‘nalish – Nur-Sulton shahri. Bu yerga uchish o‘rtacha 2,2 million so‘mga tushadi.

    Top-o‘ntalikning so‘nggi ikki o‘rnida Kiyev va Pekin joy egallab, chiptalar narxi 5 million va mos ravishda 6 million so‘mga tengligi aniqlandi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi mamlakatlarga sayohat qilishmoqda?