21:30 / 17.10.2019
2 723

12 yilga ozodlikdan mahrum etilgan bokschi Sergey Mixaylov oqlandi

12 yilga ozodlikdan mahrum etilgan bokschi Sergey Mixaylov oqlandi
“Jahon.uz”ning ma’lum qilishicha, Sergey Yegorovich Mixaylov shuncha muddat qilmagan jinoyati uchun qamoqda o‘tirgan.
Andijonlik mashhur sobiq bokschi Sergey Yegorovich Mixaylov (Boks bo‘yicha Osiyo chempioni, Osiyo o‘yinlari g‘olibi) “O‘zbekiston iftixori”, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi unvoni va “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.

U Ichki ishlar vaziri tomonidan ham 12 marta rag‘batlantirilgan. Sergey Mixaylov O‘zbekiston bayrog‘ini o‘zining boksdagi g‘alabalari bilan bir necha marotaba ko‘klarga ko‘targan kuchli sportchi bo‘lgan.

Mixaylov Sergey Yegorovich O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv va Terrozimga qarshi kurashish bosh boshqarmasi katta tezkor xodimi lavozimida, mayor unvonida xizmat qilgan.

Mixaylov Sergey Yegorovich sobiq MXX xodimlari tomonidan 2010 yil 27 yanvar kuni noqonuniy valyutafurushlarga “qarab turganlik”da gumon qilinib qamoq olingan edi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining 2010 yil 13 dekabr kunidagi hukmiga ko‘ra, S.Mixaylov O‘zbekiston Respublikasi JKning 28,177-moddasi 3-qismi «a,b» bandlari, 205-moddasi 2-qismi «a,b,v» bandlari va 210-moddasi 3-qismi «b,v» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga JKning 59-moddasi tartibida 3 yilga huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 12 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi Kassatsiya instansiyasida 2019 yil 10 oktyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining 2010 yil 13 dekabrdagi hukmi bekor qilindi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining 2010 yil 13 dekabr kunidagi hukmiga ko‘ra, S.Mixaylov O‘zbekiston Respublikasi JKning 28,177-moddasi 3-qismi «a,b» bandlari, 205-moddasi 2-qismi «a,b,v» bandlari va 210-moddasi 3-qismi «b,v» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga JKning 59-moddasi tartibida 3 yilga huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 12 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Mazkur hukm bilan Hakimjonov Abduazim Hakimjon o‘g‘li, Risqiyev Sardor Ravshanbekovich, Azimov Oqilxo‘ja Sagdullayevich, Shomoxsudov Alisher Shoolimovich, Nazirov Zokir Fayzullayevich, Yermatov Muzaffar Djurabayevich, Achilov Sherzod Xodjiaxmedovich, Nurmatov Shaxobiddin Xusnitdinovich, Ibragimov Ilxom Xosildjonovich, Mirsagatov Murod Djabborovich va Xudayberganov Davron Rixsitillayevichlar ham sudlangan.

Ular asosan noqonuniy valyuta oldi-sotdisida aybdor deb topilishgan.

2010 yilda ayrim fuqarolar valyuta ayirboshlash shahobchasiga keladigan begona fuqarolarni kirishiga to‘sqinlik qilib, ularni aldov va qo‘rqitish yo‘llari bilan qaytarishgani, TIF Milliy banki Bosh amaliyot boshqarmasi boshlig‘i Inogamov Botir Ikramovich, mazkur bank ekspert akreditlari va kafolatlari bo‘limi bosh mutaxassisi Shaydanov Timur Rashidovich, TIF Milliy banki Bosh amaliyot boshqarmasiga qarashli Yunusobod ko‘chasi, 14-uyda joylashgan 26002263-sonli valyuta ayirboshlash shahobchasi xodimlari A.Pirjanova, M.Sobitova, Sh.Valiyeva, L.Rezsova, L.Raximgulova, Z.Xasanova, A.Vasileva, OATB «Savdogarbank» Boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Akramov Maxamad Adxamovich, ushbu bank amaliyot boshqarmasi boshlig‘i Ikramov Dilmurod Botirovich esa, maxsus tashkil etilgan uyushgan jinoiy guruh manfaatlarida valyuta shahobchalariga qancha valyuta ajratilganligi xususida va boshqa xizmat ma’lumotlarini oshkor qilib, evaziga moddiy manfaatdor bo‘lishgani tezkor ma’lumotlar natijasida aniqlangan.

Sergey Yegorovich Mixaylov esa O‘zbekiston Respublikasi IIV JQ va TQKBda katta tezkor xodim lavozimida xizmat qilib kelib, o‘z xizmat vakolatlaridan foydalanib, jinoiy guruh a’zolari faoliyatini huquqni muhofaza qilish organlaridan yashirib, ularning ortidan qaysi tashkilot tekshiruv va kuzatuv ishlari olib borayotganligi to‘g‘risida xabar yetkazib turish bilan shug‘ullangan degan taxminga kelingan va yakunda unga aynan mana shu yopishtirilgan.

Sergey Mixalovning aytish mumkin bo‘lsa, ushbu jinoyat ishi yuzasidan ikkita kichik aybi bo‘lgani ham rost. Birinchidan, u ushbu jinoiy guruh a’zosi bo‘lgan O. Azimov ya’ni, (Azimov Oqil bilan u 2007 yilda Toshkent shahar MXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir davomida tanishgan) o‘zining informatoridan soat (Romanson Adel Autamatic)ni sovg‘a sifatida olgan. Ikkinchisi esa ularning ortidan kuzatib yurgan avtomashinaning raqamlarini aniqlab, ushbu raqamlar allaqachon tegishli tartibda yo‘q qilib yuborilgan avtomashinalar raqamlari ekanligini Ichki ishlar vazirligi bazasidan tekshirib bergan (Ushbu avtomashina raqamlari katta ehtimol bilan sobiq MXXning tezkor xodimlariga tegishli bo‘lgan bo‘lishi mumkin). Bo‘ldi boshqa holatda Sergey Mixaylovning bu guruh va uning a’zolari bilan boshqa aloqasi bo‘lmagan.

Jinoyat ishi hujjatlari (6-jild, 266-268-betlar)da O‘zbekiston Respublikasi IIV JQ va TQKBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari tomonidan S.Mixaylovga xizmat tavsifnomasi berilgan bo‘lib, unga ko‘ra S.Mixaylov O‘zbekiston Respublikasi IIV JQvaTQKBB Kriminal va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi 3-bo‘lim katta tezkor qakili lavozimida 2005 yil mart oyidan buyon ishlab kelib, uning sa’yi-harakatlari bilan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish yo‘nalishi bo‘yicha sodir etilgan bir qator jinoyatlar, shu jumladan ko‘p miqdordagi giyohvandlik vositalarini noqonuniy oldi-berdisi bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni ushlash, valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda o‘tkazish bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni ushlash, buyurtma berish orqali odam o‘ldirish, terrorchilik va boshqa shu kabi o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlarni fosh etib, S.Mixaylov o‘ziga yuklatilgan vazifani qonunchilikka rioya qilgan holda, ma’suliyat bilan puxta bajarib kelganligi, xizmati davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangani hamda jinoyatchilikka qarshi kurashishda qo‘shgan hissasi uchun Vazirlik rahbariyati tmonidan 12 marotaba rag‘batlantirilgani, intizomiy ravishda jazolanmagani ko‘rsatilgan.

Sud barcha holatlarni o‘rganib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining 2010 yil 13 dekabrdagi hukmining Mixaylov Sergey Yegorovichga nisbatan qismini bekor qildi. Mixaylov Sergey Yegorovichning harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi JKning 28,177-moddasi 3-qismi “a,b” bandlari, 205-moddasi 2-qismi “a,b,v” bandlari va 210-moddasi 3-qismi “b,v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari (jinoyat tarkibi) bo‘lmaganligi hamda uning sodir etilgan jinoyatlarga daxli bo‘lmaganligi sababli reabilitatsiya qilindi va jinoyat ishining unga nisbatan yuritilgan qismi O‘zbekiston Respublikasi JPKning 83-moddasi 2 va 3-bandlariga asosan harakatdan tugatildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 12 yilga ozodlikdan mahrum etilgan bokschi Sergey Mixaylov oqlandi