Yashnobod tumanida beshta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, 17 oktyabr kuni soat 10:45da 102 raqamiga Yashnobod tumanidagi Kichik xalqa avtomobil yo‘lida beshta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berganligi haqida xabar kelib tushdi.
IIBB matbuot xizmatiga ko‘ra, "Mercedes-Benz" rusumli avtomobil haydovchisi 40 yoshli Baxtiyor A. svetoforning taqiqlovchi signaliga to‘xtagan.
Biroq, masofa saqlanmaganligi tufayli quyidagi avtomobillar ishtirokida birin ketin to‘qnashuvlar yuz bergan: "Neksiya" rusumli avtomobilda harakatlanib borgan 32 yoshli Zoir I., "Kobalt" rusumli avtomobilda 50 yoshli Saydulla Sh., "Kaptiva" rusumli avtomobilda 19 yoshli Jahongir A. va "Neksiya" rusumli avtomobilda 56 yoshli Mirahmad A. Voqea sababli hech kim jabr ko‘rmadi.
“Hurmatli haydovchilar! Unutmang, zarur bo‘lganda muammosiz to‘xtashga imkon bo‘ladigan tezlikda masofa saqlagan holda harakatlanishingiz kerak. O‘zingizni ehtiyot qiling! Sizning sog‘lig‘ingiz hamda avtomobilingizning butunligi o‘z qo‘lingizdadir”, - deyiladi IIBB ma’lumotida. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi