19:08 / 18.10.2019
3 053

Blogerlar — Rustam Karim va To‘lqin Astanovga nisbatan hukm chiqarildi

Blogerlar — Rustam Karim va To‘lqin Astanovga nisbatan hukm chiqarildi
Ijtimoy tarmoqlarda bloger sifatida tanilgan Rustam Karim (Rustambek Karimov) va To‘lqin Astanov (Tulkun Astanov)ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilganidan xabaringiz bor.

Bugun, 18 oktyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida ularga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi mazmunan ko‘rib chiqildi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi rasmiy vakili Aziz Obidov ma’lum qildi.

Vakil alohida ta’kid etdiki, jinoyat ishi sudlanuvchilarning blogerlik faoliyatiga daxli yo‘q.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi sudyasi Orif Qlichev raisligida bo‘lib o‘tgan sud yakuniga ko‘ra, Rustambek Karimov (1975 yilda Toshkent shahrida shahrida tug‘ilgan, millati - o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti – o‘rta, muqaddam sudlangan, vaqtincha ishsiz) O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi.

Unga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 1-qismi bilan 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59-moddasi (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) 8-qismi tartibida jinoyat ishlari bo‘yicha Sirg‘ali tuman sudining 2019 yil 16 maydagi hukmi bilan tayinlangan jazoning o‘talmagan qismini qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil o‘tash uchun 3 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Tayinlangan jazoni manzil koloniyalarda o‘tattirish belgilandi.

Sudlanuvchi To‘lqin Astanov (1971 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati — o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti – o‘rta-maxsus, muqaddam sudlanmagan, vaqtincha ishsiz) O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismi «g» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi.

Unga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 3-qismi «g» bandi bilan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 72-moddasi (shartli hukm qilish) tartibida, tayinlangan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi shartli deb hisoblanib, 2 yil sinov muddati belgilandi.

Sinov muddati hukm chiqarilgan kundan boshlab hisoblanishi ko‘rsatildi.
Pirovardida, sudga raislik qiluvchi tomonidan sudlanuvchilarga va boshqa tomonlarga hukm ustidan shikoyat qilish tartibi hamda muddati tushuntirildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Blogerlar — Rustam Karim va To‘lqin Astanovga nisbatan hukm chiqarildi