«Ipoteka bank»ning filiali boshqaruvchisi o‘z xodimini urgani uchun hayfsan oldi (video)

  • 19 oktyabr 2019, 07:40
  • 967
  • Jamiyat
  • «Ipoteka bank»ning filiali boshqaruvchisi o‘z xodimini urgani uchun hayfsan oldi (video)
    «Ipoteka bank» ATIBning Mehnat filiali boshqaruvchisi o‘z xodimlarini vaqti-vaqti bilan urib turishi aniqlandi. Bu haqda UzNews xabar berdi.
    Bank xodimlarining biri tomonidan taqdim etilgan videolavhada filial boshqaruvchisi o‘z xodimining yuziga shapaloq tushirayotganini ko‘rish mumkin.

    Nashr tomonidan qayd etilishicha, videoni jo‘natgan bank xodimining so‘zlariga ko‘ra, mazkur holat taxminan ikki hafta oldin Markaziy bank xodimlari tomonidan filial faoliyati tekshirilayotganda sodir bo‘lgan.

    Bank xodimining ta’kidlashicha, bu birinchi holat emas. Filial boshqaruvchisi Abdulaziz Inoyatov tez-tez qo‘l ko‘tarib turgan. Odatda uning «qurbonlari» ishga yaqinda joylashgan xodimlar bo‘lgan. Besh—olti yildan beri ishlayotgan xodimlarga tegmagan.

    «Ipoteka bank» rahbariyati filial boshqaruvchisining xatti- harakatlariga munosabat bildirgan. Unga ko‘ra, «Ipoteka bank»ning shahar filiali tomonidan Mehnat filiali boshqaruvchisi va xodimi o‘rtasida 30 sentyabr kuni sodir bo‘lgan holat o‘rganilgan.

    Filial vakillarining ta’kidlashicha, hodisa xodimning boshqaruvchi tomonidan berilgan ko‘rsatmalarni bajarmaganligi, u tomondan yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar hamda o‘z vazifalariga sovuqqonlik bilan qaraganligi oqibatida sodir bo‘lgan.

    Sodir bo‘lgan hodisa uchun Mehnat filiali boshqaruvchisi Abdulaziz Inoyatovga hayfsan e’lon qilingan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » «Ipoteka bank»ning filiali boshqaruvchisi o‘z xodimini urgani uchun hayfsan oldi (video)