12:37 / 19.10.2019
3 498

IIBB Shayxontohur tumanida yuz bergan YTH haqida qo‘shimcha ma’lumot berdi

IIBB Shayxontohur tumanida yuz bergan YTH haqida qo‘shimcha ma’lumot berdi
Foto: Videodan kadr
Shayxontohur tumanidagi Abay va Abdulla Qodiriy ko‘chalari kesishmasida Lacetti avtomobili haydovchisi, 25 yoshli Anvar R. yo‘l harakatini tartibga solib turgan YPX inspektori leytenant Murod Dadamuhammedovni urib yuborgani haqida xabar berilgan edi.

Toshkent shahar IIBB tomonidan xabar berilishicha, IIBB rahbariyati va matbuot xizmati 18 oktyabr, juma kuni YTH natijasida jabr ko‘rgan YPX inspektori leytenant Murod Dadamuhammedovdan xabar olgan. Ayni paytda inspektorning ahvoli qoniqarli.

Xabar berilishicha, xodimni urib yuborgan haydovchi ham shifoxonaga kelgan. IIBB xodim va haydovchining uchrashuvi haqida videolavhada batafsil ma’lumot berilishini qayd etgan.

IIBB tomonidan ta’kidlanishicha, YTH joyida tushirilib, internet tarmog‘iga chiqarilgan video YPX inspektorining g‘azabini keltirgan. Leytenant IIBB boshlig‘i nomiga videoni ruxsatsiz internetga joylagan shaxsga nisbatan chora ko‘rilishini so‘rab, raport topshirgan.

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i tomonidan Ichki xavfsizlik xizmati xodimlariga holatni tasvirga olgan kishining shaxsini aniqlash va unga nisbatan qonuniy chora ko‘rish bo‘yicha topshiriq berilgan. Ushbu holat bo‘yicha to‘plangan faktlar prokuratura organlariga taqdim etiladi, deyiladi bosh boshqarma xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » IIBB Shayxontohur tumanida yuz bergan YTH haqida qo‘shimcha ma’lumot berdi