Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari Toshkentdagi Anhor kanalida cho‘kayotgan ayol hayotini saqlab qoldilar, deb xabar berdi Milliy gvardiya axborot xizmati.
Hodisa 18 oktyabr kuni soat 20:40 lar chamasi ro‘y bergan. Anhor kanalida cho‘kayotgan ayolni ko‘rib, Turkiston san’at saroyi atrofida jamoat tartibini saqlash bo‘yicha xizmat vazifasini o‘tayotgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi serjant Z.Ergashev va uning sheriklari jabrdiydaga yordamga shoshilganlar.
Harbiylar tezkorlik bilan ayolni suvdan olib chiqishgan. Jabrdiyda qashqadaryolik, 1980 yilda tug‘ilgan Yu.X ekanligi aytilmoqda. U hozirda shifoxonaga yotqizilgan.
Shayhontohur tumani ichki ishlar xodimlari tomonidan hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi