12:16 / 20.10.2019
4 301

Namanganda to‘y kortejida borayotgan Nexia yuk mashinasiga borib urildi (video)

Namanganda to‘y kortejida borayotgan Nexia yuk mashinasiga borib urildi (video)
Namanganda to‘y kortejida ketayotgan Nexia boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketib, yuk mashinasiga borib urildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea 29 sentyabr kuni soat 11:30 larda mashinalar to‘yda guruh bo‘lib harakatlanib ketayotganda sodir bo‘lgan. Nexia Uchqo‘rg‘on tumanida boshqaruvini yo‘qotib yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketgan va o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan MAN yuk mashinasiga borib urilgan. Oqibatda Nexia haydovchisi va uning yo‘lovchisi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda to‘y kortejida borayotgan Nexia yuk mashinasiga borib urildi (video)