Tashkent City ko‘chalariga qanday nomlar berilishi ma’lum bo‘ldi

  • 20 oktyabr 2019, 21:18
  • 1 335
  • Jamiyat
  • Tashkent City ko‘chalariga qanday nomlar berilishi ma’lum bo‘ldi
    Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Toshkent shahar hokimining «Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi hududidagi yangi ko‘chalarga nom berish to‘g‘risida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

    Undan ma’lum bo‘lishicha, poytaxt hokimligi 15 oktyabr kuni xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga Tashkent City hududidagi oltita yangi, nomsiz ko‘chalarga nom berish bo‘yicha taklif kiritgan. Hokimlik taklifiga ko‘ra, ko‘chalarga quyidagicha nom berish ko‘zda tutilgan:

    1-nomsiz yangi ko‘cha — Yangi Toshkent ko‘chasi;
    2-nomsiz yangi ko‘cha — Yangi Toshkent tor ko‘chasi;
    3-nomsiz yangi ko‘cha — O‘qchi ko‘chasi;
    4-nomsiz yangi ko‘cha — Zargar ko‘chasi;
    5-nomsiz yangi ko‘cha — Xadra ko‘chasi;
    6-nomsiz yangi ko‘cha — Xadra tor ko‘chasi.
    Portalda e’lon qilingan hokimi qarori loyihasi bo‘yicha muhokama 2 noyabrga qadar davom etadi. Ushbu qaror matni shu ko‘rinishda qabul qilinishi, o‘zgartirilishi yoki rad etilishi mumkin.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Tashkent City ko‘chalariga qanday nomlar berilishi ma’lum bo‘ldi