Joriy yilning 17 oktyabr kuni “Facebook” internet ijtimoiy tarmog‘i orqali “Toshkent viloyati Bekobod shahar ixtisoslashtirilgan san’at maktabining 4 qiz va 1 yigit talabasi, bir qizni urib tan jarohati yetkazgan” nomli xabar tarqalgan edi, deya xabar beradi IIV Axborot xizmati.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lumot berishicha, joriy yilning sentyabr oyidan buyon ijtimoiy tarmoq orqali tanish bo‘lgan Toshkent viloyatining Bekobod shahrida joylashgan 11-sonli ixtisoslashtirilgan sanat maktabining 2003 yilda tug‘ilgan o‘quvchi qizlari M.A. va D.Z. (Ruxshona) o‘rtasida turli kelishmovchiliklar bo‘lib turgan.
Kelishmovchilikni bartaraf etish maqsadida, D.Z. tanishlari bilan M.A.ni maktab hovlisining holi hududiga chaqirib, ular gap talashib qolishadi. Natijada ular o‘zaro janjallashib ketishadi. D.Z. M.A.ni bir-ikki marotaba urib, turtib yuborgan vaqtida M.A. muvozanatini yo‘qotib, beton qoplamaga peshonasining chakka qismi bilan yiqilgan. Ushbu holatda D.Z.ning tanishlari ularni ajratishgan.
Yiqilib tan jarohati olgan M.A. tanishi bilan Bekobod shahar Markaziy shifoxonasiga borgan.
Shundan so‘ng, 21 sentyabr kuni M.A.ning dugonasi 2004 yilda tug‘ilgan N.M. uni shifoxonaga ko‘rgani borib, M.A.ning noroziligiga qaramasdan ijtimoiy tarmoq orqali D.Z. va uning tanishi “Nozima” ismli qizning fotosuratlarini “Qidirilmoqda” izohi bilan tarqatgan hamda shaharning jamoat joylari peshtaxtalariga yopishtirgan.
Holat yuzasidan D.Z.ning hatti-harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasida (“Qasddan badanga yengil shikast yetkazish”) ko‘rsatilgan jinoyat alomatlari mavjud bo‘lsa-da, D.Z. voyaga yetmaganligi uchun Jinoyat kodeksining 17-moddasiga muvofiq D.Z. hamda N.M.ning onalariga nisbatan, farzandlarini tarbiyalash va ta’lim berish borasidagi majburiyatini yetarli bajarmaganligi sababli, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi 1-qismiga asosan, to‘plangan hujjatlar shahar hokimligi qoshidagi “Voyaga yetmaganlar bilan ishlash komissiyasi”ga yuborilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi