19:19 / 21.10.2019
5 812

Qashqadaryodagi tarixiy qadamjoda mehmonlar e’tiboriga uyatsiz raqslar namoyish etildi

Qashqadaryodagi tarixiy qadamjoda mehmonlar e’tiboriga uyatsiz raqslar namoyish etildi
Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati
Qashqadaryoning Shahrisabz shahridagi restoranga aylantirilgan, bir necha asrlik «Koba» karvonsaroyida ko‘ngilochar kecha bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi «Keshnews» Telegram kanali.
Qayd etilishicha, tadbir tashkilotchilari mehmonlar e’tiboriga yarim yalang‘och qizlar raqsini namoyish etgan.

«Bunday tadbirlarga yarim yalang‘och qizlar yordamida ‘fayz’ berish Shahrisabz, qolaversa, Qashqadaryo viloyati haqida mehmonlarda yomon taassurot paydo bo‘lishiga sabab bo‘lmaydimi? Ular viloyatda intim turizmga alohida e’tibor qilinar ekan degan fikrga kelmaydilarmi?», — deyiladi xabarda.

«Koba» karvonsaroyi o‘rnida tashkil etilgan restoran direktorining ma’lum qilishicha, bu tadbir yakkabog‘liklar tomonidan shartnoma asosida tashkil etilgan.
«Restoran rahbari bunday raqslarning bo‘lishi haqida hech qanday ma’lumotga ega bo‘lmagan. Ular faqatgina tadbirni tashkil etish uchun restoranni ijaraga bergan», — deyiladi xabarda.

Restoran ma’muriyati ko‘ngilochar dastur tadbir o‘tkazishni rejalashtirgan va restoranni ijaraga olganlar tomonidan tuzilganini qayd etdi.
Qashqadaryo viloyat hokimining axborot xizmati restoran ma’muriyatining tadbirda yarim yalang‘och qizlar raqsi namoyish etilishidan xabari bo‘lmaganligini ma’lum qildi. Tadbirda biror bir xorijiy mehmon bo‘lmagan. Ushbu tadbirga hokimlikning hech qanday aloqasi yo‘q, deyiladi xabarda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryodagi tarixiy qadamjoda mehmonlar e’tiboriga uyatsiz raqslar namoyish etildi